19 iyu 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Zubayra Tuxugov ishtirokidagi jang bekor qilindi
Yarim engil vazn toifasida rossiyalik UFC jangchisi Zubayra Tuxugov ishtirokidagi to'qnashuv o'tkazilmaydi.
U 6 avgust kuni UFC on ESPN 40 turniri doirasida amerikalik Neyt Landverga qarshi oktagonga ko'tarilishi lozim edi. Jangning bekor qilinishiga Zubayraning viza bilan bog'liq muammosi sabab bo'lgan. Rossiyalik jangchi viza olishga ulgurmagan. Ayni paytda tashkilot matchmeykerlari Landverga yangi raqib izlashyapti.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli Zubayra Tuxugov 2014 yildan beri UFC promoushenida jang qilib kelyapti. Uning hisobida 8 ta jangdan 5 g'alaba, 2 durang va 1 mag'lubiyat bor. U so'nggi jangini o'tgan yilning oktyabr oyida Rikardo Ramosga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar