26 sen 09:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Zubayra Tuxugov meyordan 2,5 kg og'ir tosh bosdi
Bizning vaqt bilan ertaga tongda Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC 253 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshom ishtirokchilari jangdan oldin ananaga ko'ra tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Yarim engil vazn toifasida oktagonga chiquvchi Zubayra Tuxugov belgilangan vazn meyorini bajara olmadi. U roppa-rosa 68 kg vazn ko'rsatdi. Bu vaznda maksimal meyor - 65,7 kg. Endi u ortiqcha 2,5 kg uchun gonorarining malum qismi (20-30 foiz atrofida)ni raqibiga beradi.
Eslatib o'tamiz, Zubayra Tuxugov ertaga Xakim Davoduga qarshi oktagonga ko'tariladi. Bu Zubayra uchun joriy 2020 yildagi ilk jang bo'ladi.
Havola :
Fikrlar