12 sen 07:47
Yangiliklar

Zubayra Tuxugov UFC 253 turnirida oktagonga chiqish uchun Abu-Dabiga yo'l oldi + FOTO
UFC 253 turnirining anderkard jangi ishtirokchisi hisoblangan rossiyalik Zubayra Tuxugov o'z jamoasi bilan birga BAA poytaxtiga jo'nab ketdi. Dog'istonlik jangchining raqibi Xakim Davudi bo'ladi. Zubayra mashg'ulotlarning yakuniy qismini aynan jang manzilida o'tkazadi.
"Og'alarim meni 27 sentyabr kuni Abu-Dabining "Janglar oroli"da o'tkaziladigan UFC 253 turniriga kuzatib qo'yishdi", — deya Instagram sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Tuxugov.
Malumot uchun, Davudiga qarshi bahs Zubayra uchun UFCdagi ettinchi jang bo'ladi. Uning hisobida 4 g'alaba, bir mag'lubiyat va bor durang bor. UFC 253 turnirining markaziy jangi UFC chempioni Israel Adesanya hamda davogar Paulo Kosta o'rtasida bo'lib o'tadi.
Fikrlar