17 fev 19:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Zubayra Tuxugovning navbatdagi jang sanasi aniq bo'ldi
Rossiyalik jangchilar Zubayra Tuxugov va Tagir Ulanbekovlarning qachon jang o'tkazishlari aniq bo'ldi.
Unga ko'ra sportchilar 14 mart kuni o'tkaziladigan UFC Vegas 21 turniri doirasida jang qilishadi.
30 yoshli Zubayra Tuxugov o'z jangini braziliyalik Rikardo Ramosga qarshi o'tkazsa, 29 yoshli Tagir Ulanbekov Mateus Nikolau bilan o'zaro kurash olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Zubayra Tuxugov so'nggi jangida Xakim Davoduga mag'lub bo'lgan edi. Ulanbekov esa Bruno Silvani mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar