18 jan 09:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Zubayra Tuxugovning raqibi va jang sanasi malum
Rossiyalik yarim engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Zubayra Tuxugovga nihoyat raqib berildi.
Zubayra 16 mart kungi UFC turnirida oktagonga ko'tariladi. Uning raqibi braziliyalik "chanqilmas yong'oq" Rikardo Ramos bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Zubayra Tuxugov so'nggi jangini o'tgan yilning sentyabr oyida o'tkazgan bo'lib, o'shanda biroz kutilmaganda Hakim Davoduga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Ramos esa hozircha oxirgisi bo'lib turgan jangini 2020 yilning iyul oyida o'tkazib, birinchi raundda texnik nokaut bilan Leron Merfiga yutqazgan.
Havola :
Fikrlar