So’nggi yangiliklar

14:30Исроил Мадримовнинг собиқ рақиби уч йилга четлатилди 0 14:08Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади? 0 13:45Топурия UFC 322 турнирида жанг қилмайди - инсайдер 0 13:23"Гэтжига чемпионлик жанги бериш - тўғри қарор бўлади" - менежер 0 13:02Фрэнсис Нганну ММАга қайтишни режалаштирмаяпти 0 12:41Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин 0 12:20Махачевнинг жамоасида Чимаевга қарши жанг эҳтимолини баҳолашди 1 11:58US Open. Карлос Алькарас рақибини деярли "сухой"га ютди 0 11:37Саудия Арабистони 2029 йилги қишки Осиё ўйинлари мезбонлигидан воз кечмоқчи 0 11:16Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди 0 10:55Енгил атлетикачиларимиз халқаро рейтингда нечанчи ўринларни эгаллаб туришибди? 0 10:34"Укамга UFC'дан яна таклиф бўлди" — Нурсултон Рўзибоев 0 10:13Ёш дзюдочиларимиз Жаҳон чемпионатини 3 та олтин медаль билан бошлашди. Медаллар жамғариш рейтингида биринчимиз! 0 09:52Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлди ва турнирни тарк этди 0 09:31ИНТЕРВЬЮ. Минглаб шогирдлар устози, деярли 40 йилдан бери ёш авлодга ММА ва бошқа яккакураш спорт турларини ўргатиб келаётган — Асад ЎРИНОВ! 0

03 okt 10:28
Yangiliklar

Kurash

Afrikalik kurashchilar uchun onlayn seminar tashkil etildi

Teglar :  KurashAfrika
Seminarda Tanzaniya, Togo, Nigeriya, Angola, Niger, Mali, Benin, Gana kurash federaciyalari hakamlari ishtirok etishdi.

Xalqaro kurash instituti tomonidan Xalqaro kurash associaciyasi, Afrika Kurash Konfederaciyasi, O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikaciyalar universiteti hamkorligida Markaziy Afrika davlatlari - Tanzaniya, Togo, Nigeriya, Angola, Niger, Mali, Benin va Gana kurash federaciyalari hakamlari uchun xalqaro onlayn seminar o'tkazildi. 

Seminarning ochilishi marosimida O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Xalqaro kurash associaciyasi masul xodimlari, shuningdek xalqaro toifadagi hakamlar, yurtimizning nomdor polvonlari ishtirok etdilar.

Markaziy Afrika davlatlari kurash federaciyalari hakamlari va mutaxassislari seminarda ZOOM platformasi orqali qatnashdilar. Mazkur xalqaro seminarni tashkil etishdan asosiy maqsad - joriy yilning 23-28 noyabr kunlari Hindistonning Puna shahri mezbonligida o'tadigan Kurash bo'yicha Jahon chempionati oldidan kurash hakamlarining tayyorgarligini yanada oshirish, dunyo birinchiligida jazirama qita vakillarining muvaffaqiyatli ishtirokini taminlashga qaratildi.

SHu bilan birga, shu yilning dekabr oyida Kongo davlatida o'tkaziladigan Kurash bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Afrika chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rish, musobaqalarni yuqori saviyada o'tkazish uchun kurash hakamlari va mutaxassislarining bilim va ko'nikmalarini yanada oshirishga urg'u berildi. Ingliz va francuz tillarida olib borilgan ushbu xalqaro onlayn seminar davomida kurashda hakamlik qoidalari amaliy va multimediya shaklida to'liq o'rgatildi. 

Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga IKI mutaxassislari tomonidan to'liq javob oldilar. Aytish joizki, mazkur seminarda Afrika kurash Konfederaciyasi rahbari janob Tomas Dunkerning taklifiga binoan, Xalqaro kurash institutining tajribali mutaxassislari tomonidan olib borildi. Xalqaro seminarni IKA Bosh kotibi janob Muhammad Rizo Nassiri Nejad va xalqaro toifadagi hakam Kim Eurjunglar olib borishdi.

Seminarni Xalqaro kurash associaciyasi Departament rahbari Mansur Mirzaev kuzatib bordi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing