28 avg 14:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Isroil Madrimovning sobiq raqibi uch yilga chetlatildi
Magomed Kurbanov antidoping qoidalarini buzgani uchun uch yilga chetlatildi.
Bu haqida Rossiya antidoping agentligi malum qildi.
Kurbanov taqiqlangan moddalardan foydalangani uchun jazolandi. Qaror 2025 yil 1 avgustdan kuchga kiradi.
Malumot uchun, Magomed Kurbanov hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi jang qilgan va muddatidan avval imkoniyatni boy bergan.
Havola :
Manba : RUSADA
Fikrlar