28 avg 13:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Topuriya UFC 322 turnirida jang qilmaydi - insayder
UFC chempioni Iliya Topuriya UFC 322 turnirida jang qilmaydi.
Bu haqida jurnalist Alvaro Kolmenero malum qildi.
Avvalroq Topuriya ushbu turnirda Jastin Getjiga qarshi jang qilishi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Ko'pchilik Topuriyaning Nyu-Yorkda jang qilishi rostmi, mazmunida savol bermoqda. Menga malum bo'lishicha - yo'q. Umid qilamanki, Topuriya yanvar yoki fevral oyida jang qilishi mumkin", - deb yozdi Kolmenero ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar