So’nggi yangiliklar

19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0

19 avg 18:01
Yangiliklar

Sambo

Alisher Alimov: "Sankt-Peterburgdagi musobaqa biz uchun har tomonlama foydali bo'ladi"

Teglar :  Sambo
Bugun sambo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari FIAS (Xalqaro sambo federaciyasi) prezidenti sovrini uchun o'tkaziladigan musobaqaga yo'l olishadi.

Bahslar Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahrida tashkil etiladi. Ushbu musobaqa oldidan O'zbekiston sambo assiciaciyasi raisi Alisher Alimov o'z fiklarini bildirdi. 

"19 avgust kuni terma jamoa azolari bilan birga Rossiyaga yo'l olamiz. Musobaqa 7 ta vazn toifasida o'tkaziladi va unda 6 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi. 

Qayd etish lozimki, musobaqada qatnashish uchun Xalqaro sambo federaciyasidan taklifnoma kelgan. Ular bizning 6 nafar sportchimizni bahslarda qatnashishga loyiq ko'rishibdi. Bu bizni xursand qilmasdan qolmaydi. 

Bellashuvlarda 21 mamlakatdan sportchilar qatnashadi. Yana bir muhim jihati, turnir yakuniga ko'ra chempion bo'lgan sportchilar 10 ming dollarni qo'lga kiritishadi. Kumush va bronza medali sohiblari esa mos ravishda 7 ming va 5 ming dollarga ega chiqishadi. 

Yaxshi bilasiz, noyabr oyida Toshkent shahrida jahon chempionati o'tkaziladi. Ushbu turnir orqali sportchilarimizning holatini yana bir marotaba ko'zdan kechirib olamiz. SHuningdek, sambochilarimizning asosiy raqiblarini ham ko'rib olish imkoniyatimiz bo'ladi.

SHu kabi jihatlarni inobatga olgan holda aytishim mumkinki, Sankt-Peterburgdagi musobaqa biz uchun har tomonlama foydali bo'ladi", - dedi Alisher Alimov O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing