So’nggi yangiliklar

15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0 15:12Царукян UFC 319 олдидан Чимаевнинг машғулот лагерига қўшилди (ФОТО) 0 14:51Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади" 0 14:30Жиу-житсу юлдузи Маркус "Бучеча" UFC`да дебют қилади 0 14:09Шахматчиларимиз FIDE аёлар Жаҳон кубогидаги иштироклари муваффақиятли бошлашди 0 13:4818 ёшли Мирра Андреева фаолиятида ик бор Уимблдон 1/4 финалига чиқди 0 13:27Мусиала операция қилинди 0 13:06Янгиланган жаҳон рейтингида таэквондочиларимизнинг эгаллаб турган ўринлари қандай? 0 12:45Икрам Алискеров UFC 318 турнирида жанг қила олмайди 0 12:24Новак Жокович 16-маротаба Уимблдон 1/4 финалига чиқди 0 12:03Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда 0 11:42Riyadh Season ноябрь ойи учун йирик проф бокс оқшомини эълон қилди, кард маълум 0 11:21Оғир атлетикачиларимиз қитъа биринчилигининг навбатдаги кунида 9 та медалга эга чиқишди 0 11:00Баҳодир Жалолов Нью-Йоркдаги жангига машғулотларни давом эттиряпти (ВИДЕО) 0 10:39“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди 0

21 noy 19:27
Yangiliklar

Sport kurashlari

Aram Vardanyan: "Hech kimga oson bo'lmadi"

Xabaringiz bor, 17-19 noyabr kunlari Navoiy shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

Uzoq davom etgan karantindan keyin o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi yilning ilk musobaqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan yunon-rum, erkin va ayollar kurashi vakillari gilamga chiqishdi. Uch kun davomida jami 30 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. 

Biz yunon-rum kurashi musobaqasining 72 kg vazn toifasidagi bahslarida chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan jahon chempionati sovrindori Aram Vardanyandan intervyu oldik. U finalda navoiylik Alijon Xuseynovni mag'lubiyatga uchratib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan edi.  

- Aram, nihoyat uzoq tanaffusdan so'ng gilamga qaytdinglar. Ayni paytda musobaqa juda ham kerak edi. Umumiy taassurotlar qanday bo'ldi?

- Ha, juda ham to'g'ri. Barchamiz musobaqalarni sog'ingandik. Sakkiz oylik tanaffusdan so'ng musobaqada ishtirok etdik. Taassurotlar bir olam. CHempion bo'lganimdan xursandman. Sovrindorlar safidan joy olmagan kurashchilar ham Navoiydan yaxshi kayfiyatda qaytishdi. CHunki, uzoq muddat davomida musobaqada qatnashmagan edik. 

- Afsuski, pandemik vaziyat o'z so'zini aytmay qolmadi. Bu natijalarda ham aks etdi...

- Xuddi shunday. Katta tanaffus baribir tasirini o'tkazdi. Juda ko'pchilik kasallikni o'z boshidan o'tkazdi. SHaxsan o'zim ham koronavirusga chalingandim. Buni berkitishning hojati yo'q. Raqiblar ham qiynalishdi. Bir so'z bilan aytganda, hech kimga oson bo'lmadi. Lekin chempionat bellashuvlari murosasiz kechdi. Saralash bahslari finaldan qolishmadi. 

- Endigi rejalar qanday?

- Dekabr oyida jahon chempionatida ishtirok etishimiz kerak edi. Ammo, Serbiyadagi yilning eng katta musobaqasi pandemik vaziyat sabab bekor qilindi. Jahon chempionatining o'rnida jahon Kubogi o'tkazilar ekan. Hozircha bu musobaqada qatnashishimiz malum emas. Musobaqa bo'lmagan taqdirda, o'quv-mashg'ulot yig'inimiz o'tkaziladi. Olimpiada licenzion musobaqasiga tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing