So’nggi yangiliklar

17:01Шоҳасан Мирзаматовнинг навбатдаги жанг санаси маълум қилинди 0 16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0 13:05US Open. Ига Свёнтекнинг юриши бошланди, бу унинг мавсумдаги 50-ғалабаси! 0 12:44Нукус “Uzbekistan Judo Tour” мусобақасида ғолиблар аниқланди 0 12:23Тайсон Фьюри "Манчестер Юнайтед" cабаб футболни кузатмай қўйди 0 12:02ПСЖ "Манчестер Сити"нинг илк таклифини қабул қилмади 0

21 sen 09:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Azamat "Drakon" Nuftillaevning sobiq raqibi, engilmas MMA jangchisi shartnoma imzolanganidan bir kun o'tib UFCʼdan ketdi

22 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 280 turnirida debyutini o'tkazishi kerak bo'lgan Ares FC chempioni Slim Trablesi tashkilot bilan shartnoma imzolaganidan 24 soat o'tib UFCʼni tark etdi.

29 yoshli jangchining ketishiga uning Siril Gan va Frensis Ngannu bilan hamkorligi bilan tanilgan menejer va promouter Fernand Lopes bilan shartnoma borasidagi kelishmovchiliklari sabab bo'lgan.

"Ares FCʼda jang qilish uchun biz Lopes bilan hamkorlik qilishimiz kerak edi. Dastlab, u menga: "Sen uchun Ares bilan to'rtta jangdan iborat shartnoma bor. Agar UFC qo'ng'iroq qilsa, u erga borishingga ruxsat beraman" dedi. Men unga ishondim va shartnoma imzoladim. Lekin UFCʼga chaqirilganimdan so'ng, u Ares bilan haqiqiy shartnoma imzolashimga to'sqinlik qildi.

UFCʼda Ali Abdel-Aziz bilan shartnoma imzoladim va men 22 oktyabr kuni Abu-Dabida jang qilishim kerak edi. Biroq Fernand kelishuvga to'sqinlik qildi. U Aliga qo'ng'iroq qilib, meni UFCʼga qo'ygani uchun 90 ming evro talab qildi. Ali unga kelajakdagi UFCʼdan oladigan gonorarimdan foiz taklif qildi, ammo u rad javobini berdi", — dedi Trablesi Sport en Franceʼga bergan intervyusida.

Tunislik 29 yoshli Slim Trablesi faoliyati davomida mag'lubiyatga uchramagan va uning hisobida beshta g'alaba bor. Ulardan uchtasini u muddatidan oldin nokaut bilan yakunlagan. Og'ir vazn toifasidagi so'nggi jang shu yilning sentyabr oyida Parijdagi Ares FC 8 turnirida bo'lib o'tgan va u hamyurtimiz Azamat "Drakon" Nuftillaevni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etgan. UFCʼda Slim Trablesi Hamdi Abdelvahob o'rniga amerikalik Parker Porterga qarshi debyut jangini o'tkazishi kerak edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing