So’nggi yangiliklar

15:43Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади? 0 15:22Спорт вазири Олимпия ва паралимпия шон шуҳрати музейида ёшлар билан учрашди 0 15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0 13:37Топурия ёки Оливейра. Махачевдан қолган камарни ким олади? UFC 317 карди билан танишинг 0 13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0

29 dek 10:14
Yangiliklar

Bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatida kuchlilar aniqlandi + FOTO

Sirdaryo viloyatining SHirin shahri hamda Guliston tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktablarida bel olish va uch kurash bo'yicha 2005-2006 va 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 600 nafarga yaqin  yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, dastlab 2005-2006 hamda 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar SHirin shahridagi BO'SMda bel olishning xalqa-chalish, xalqa-chalishsiz yo'nalishlarida belgilangan vazn toiflariga ko'ra kuch sinashishdi.

Bel olish bo'yicha bellashuvlar yakuniga etgach Guliston tumanidagi BO'SMda uch kurash bo'yicha “belbog'li”, “belbog'siz” yo'nalishlarida ham g'oliblar nomi aniqlandi.

Murosasiz o'tgan mazkur yo'nalishlardagi musobaqalarda Bexruz Baxtiyorov (Navoiy), Azizillo Aliev (Andijon), Faxriddin Eshquvatov (Surxondaryo), Abbosxon Tilavoldiev (Farg'ona), Nurbek Omonov (Sirdaryo), Oybek Abduqayumov (Toshkent v.), Akmal Matyaqubov (Xorazm), Abdulaziz Jo'raev (Toshkent sh.), Dilnura Rustamova (Surxondaryo), Gulinur Nishonova (Andijon) kabi istedodli o'g'il-qizlar o'z vazn toifalariga ko'ra chempionlikni qo'lga kiritib, shohsupadan joy olishga muvaffaq bo'lishdi.

O'zbekiston chempionati musobaqasi yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing