So’nggi yangiliklar

19:02Дана Уайт қайси жанг Оқ уйдаги UFC турнирининг асосий тўқнашуви бўлишини айтди 0 18:39"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми! 0 18:18UFC президенти Хабиб - Макгрегор жангига тенглашадиган қарама-қаршилик қайси эканлигини айтди 0 17:52UFC 44 ёшли жангчиси билан шартномани бекор қилди 0 17:25Жон Жонс UFCнинг Оқ уйдаги турнири ҳақида: "Мотивация керак эди — топдим. Машғулотларга қайтдим" 0 17:02"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади 0 16:38Дана Уайт Топурия нима билан ҳайрон қолдирганини айтди 0 16:16Ўқ отувчи Владимир Свечников Венгриядаги турнирда тенгсиз бўлди 0 16:04ACA 189. Холмурод Нурматов рақибини аянчли нокаутга учратиб, ғалаба қозонди (ВИДЕО) 0 15:53Пётр Ян: "Мен яна Двалишвили ва О’Мэлли билан жанг қилмоқчиман" 0 15:28"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди 0 15:06Хамзат Чимаев UFC 319дан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин — Кайо Борральо 0 14:41"World Taekwondo Diamond Games": Мусобақани олтин медал билан бошладик! 0 14:20Иноуэ Аҳмадалиев билан жанги анонсига муносабат билдирди 0 13:59Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси! 0

08 okt 21:18
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Bog'dodda O'zbekiston kubogi bellashuvlari o'tkazilmoqda

Teglar :  Belbog'li kurash
Bugun, 8 oktyabr kuni Farg'ona viloyatining Bog'dod tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2003-2004 tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bellashuvlariga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik – taqvim rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va  viloyatlardan  300 nafarga yaqin  yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishmoqda. Mazkur kubok bahslarida dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda Bog'dod tumani hokimi Vosiljon Nazarov, Farg'ona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari SHerzod O'sarqulov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abdixalil Malikov, belbog'li kurash bo'yicha kattalar o'rtasida terma jamoa bosh murabbiyi, xalqaro toifadagi hakam Azamjon SHokirjonovlar ishtirok etib, yosh polvonlarni qutlab, ularga omad tilashdi.   

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu mamlakat kubogida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.

Bellashuvlar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar bilan tanishishingiz mumkin. Musobaqa 10 oktyabrga qadar davom etadi.    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing