So’nggi yangiliklar

14:29Шаҳрам Ғиёсов Мэнни Пакьяонинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 14:08Иқтидорли хоккейчимиз Салоҳиддин Азимов Швеция клубига ўтди 0 13:47Шомуродов ва Файзуллаев Туркияда юртимиз шарафини ҳимоя қилаётган даун синдромли спортчиларимиз билан учрашди + ФОТО 0 13:2622 ёшли Алькарас Надаль ва Сампраснинг натижасини такрорлади 0 13:05Лобов Конорнинг Путин билан учрашуви ва унга виски совға қилганини эслади 0 12:44Станионис Эннисга мағлуб бўлганидан кейинги илк жангини ўз уйида ўтказади 0 12:23Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган 0 12:02Винус Уильямсга US Open-2025 турнир учун wild card тақдим этилди 0 11:41Муҳаммаджон Қурбоновнинг навбатдаги жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 11:20Собиқ жаҳон чемпиони Энди Руис рингга қайтишга яқин 0 10:59"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди 0 10:38Хамзат Чимаев UFC тарихидаги беш буюк жангчини санаб берди 0 10:17Дунёнинг биринчи ракеткаси Цинциннати "Мастерс" 1/4 финалида 0 09:56Шунчаки қойил! Дрикус дю Плесси жанглар оралиғидаги вазнини айтди 0 09:35"Барселона" футболчисини 60 млн еврога сотишга тайёр 0

26 apr 18:10
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash: CHiroqchida O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda

Teglar :  Belbog'li kurash
Bugun, 26 aprel kuni CHiroqchi tumanidagi BO'SMda belbog'li kurash bo'yicha 2009-2010 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlariga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi  Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik – taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionati bahslarida  Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha  viloyatlardan  300 nafardan ortiq  yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishmoqda. CHempionat bahslarida dastlab, musobaqaning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Marosimda CHiroqchi tumani hokimi Nodir Erkaev, tuman sektor rahbarlari, Qashqadaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Vahob Ro'ziev, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, Qashqadaryo viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi Farhod Jumanov, tuman BO'SM direktori Anvar Jo'raev va boshqalar ishtirok etib, yosh polvonlarni qutlashdi va ularga musobaqalarda omad tilashdi.   

Yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu chempionatda o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 10tadan vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash tushishmoqda.

Musobaqa 28 aprelga qadar davom etadi.    

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing