So’nggi yangiliklar

15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0 13:42ATP рейтинги. Чемпион Синнер 3430 очколик фарқ билан пешқадам, теннисчимиз 94 поғона юқорилади 0 13:21"100 фоиз ишонаман". Абдел-Азиз дю Плесси – Чимаев жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:00Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди? 0 12:39Александр Усик "идеал боксчи"ни тузди 0 12:18Республика олимпия ва паралимпия спорт турларига тайёрлаш маркази жамоаси “Interamnia World Cup” ғолиби! 0 11:57Octagon League навбатдаги турнирини эълон қилди, унда таниқли ҳамюртимиз иштирок этади 0 11:36Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди 0 11:15Уимблдон. Аёллар ўртасидаги жуфтлик турнирида ғолибалар аниқланди 0 10:54Том Аспиналлнинг тўлақонли чемпион сифатидаги илк жанги кимга қарши ўтиши маълум 0

08 noy 07:43
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. G'ijduvonda O'zbekiston kubogi o'tkazildi

6-7 noyabr kunlari Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanidagi Bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2007-2008 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston Belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mamlakat Kubogi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 400 nafarga yaqin yosh sportchilar ishtirok etishdi.

Ushbu musobaqada o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 11 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 ta vaznda bellashishdi.

Reglamentga ko'ra, musobaqaning birinchi kuni o'g'il bolalar belbog'li kurashning klassik yo'nalishda 11 ta vazn toifasida kurash tushishgan bo'lsa, ikkinchi kunida erkin yo'nalishida qizlar 7, o'g'il bolalar esa 11 ta vaznda bahslarga kirishdi. 

Musobaqani belbog'li kurash federaciyasi hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboev boshchiligidagi 30 nafar hakamlar guruhi baholab bordi.

Bellashuvlarning so'nggi  natijalariga ko'ra, quydagi sportchilar o'z vazn toifalarida birinchi o'rinni band etishdi:

O'g'il bolalar. Klassik yo'nalish

27 kg. Ziynatillox G'anijonov (Andijon), 30 kg. Bagdaulet Dongesov (QQR), 33 kg. Mirjahon Isroilov (Buxoro), 36 kg. Axror G'ofurjonov (Namangan), 40 kg. Asilbek Muhammedov (Farg'ona), 44 kg. Sardor Abdullaev (Toshkent v.), 48 kg. Saidislom Saidjalolov (Toshkent v.), 52 kg.  Ulug'bek Muhammadjonov (Andijon), 55kg. Almazbek Orynbaev (QQR), 60 kg. Muhammadqodir Karimjonov (Toshkent sh.),+60. Muhammadyusuf Mo'minov (Farg'ona).

Qizlar. Erkin yo'nalish.

33 kg. Jasmina Mamurjonova (Farg'ona), 36 kg. Naimaxon Subxonalieva (Farg'ona), 40 kg. Gulbahor Imomnazarova (Andijon), 44 kg. Arofat Muhammedova (Andijon), 48 kg. Gulsanam Rahmatullaeva (Namangan), 52 kg. Eldora Alimboeva (QQR), +52 kg. Muborak Marufjonova (Namangan).

O'g'il bolalar. Erkin yo'nalish.

27 kg. Zaxriddin Mo'ydinov (Andijon), 30 kg. Mahmudjon Mamajonov (Namangan), 33 kg. Ozodbek Ataqulov (Buxoro), 36 kg. Ozodbek Salimov (Farg'ona), 40 kg. Oqilbek Rahimberdiev (Namangan), 44 kg. Sobirjon Abdullaev (Sirdaryo), 48 kg. Mirjalol Mirahmedov (Farg'ona), 52 kg. Otabek Abdujabburov (Sirdaryo), 55 kg. Xafiz Rahimov (Buxoro), 60 kg. Behruz Ibrohimov (Toshkent v.), +60 kg. Navro'z Mamayusupov (Navoiy).

G'olib va sovrindor bo'lgan yosh sportchilar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Bokenbay SADUAKASOV, Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha Nukus shahar oliy mahorat maktabining belbog'li kurash bo'yicha bosh murabbiyi:

- Kubok bellashuvlarini o'tkazish uchun yuqori darajada tayyorgarlik ko'rilganiga guvoh bo'ldik. Buning uchun mezbonlarga, xususan, Buxoro viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasiga, G'ijduvon tuman hokimligiga, belbog'li kurash federaciyasiga, sport maktabi jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz. SHogirdlarimiz ushbu musobaqada uchta  oltin, uchta kumush va to'rtta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Maqsadimiz, nasib etsa jahon chempionatlarida ham yuqori o'rinlarni qo'lga kiritish bo'ladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing