So’nggi yangiliklar

01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0 16:11"Уни нокаутга учратиш учун барча ишни қиламан". Сауль Альварес — Кроуфордга қарши жанг ҳақида 0

27 mar 16:18
Yangiliklar

Tadbirlar

“Besh tashabbus olimpiadasi”ga ko'rilayotgan tayyorgarlik tahlil qilindi

“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga ko'rilayotgan tayyorgarlik muhokama qilindi.

Videokonferenciya orqali o'tkazilgan yig'ilishda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo'limlaridan masullar ishtirok etishdi.

Yig'ilishni Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov olib bordi. SHuningdek, yig'ilishda vazirni birinchi o'rinbosari Alisher Sadullaev, vazir o'rinbosari Durdona Rahimova va Yoshlar ishlari agentligi direktori o'rinbosari Dilnoza Kattaxanovalar ishtirok etishdi.

Tadbirda aprel oyidan boshlab start oladigan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida yoshlar qamrovini oshirish, musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish, g'olib va sovrindorlarni taqdirlashda kamchiliklarga yo'l qo'ymaslik bo'yicha topshiriqlar berildi.

Malumot uchun, aprel, may, iyun oylarida “Yoshlar raqs festivali” tanlovi, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan gimnastrada, quvnoq startlar, engil atletika, mini-futbol, stol tennisi, shashka, futbol, strbitbol, workout bo'yicha respublika sport musobaqalari “Yoshlar kubogi” kibersport musobaqalari hamda ilk marotaba yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishga qaratilgan tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, qandolatchilik, hunarmandchilik tanlovlari o'tkaziladi! Arizalar beshtashabbus.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning oldingi mavsumida qariyb 6,2 mlndan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing