So’nggi yangiliklar

12:04“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди 0 11:43Жон Жонс фаолиятини якунлаган Дастин Порьега мурожаат қилди 0 11:22Универсиаданинг бешинчи куни ўзбекистонлик спортчилардан кимларга мухлислик қиламиз? 0 11:01Абдулло Алиев ва Жалгасбай Бердимуратов Будапешт рейтинг турнири совриндори! 0 10:40Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчиси ким деган саволга жавоб берди 0 10:19Қозоғистонлик теннисчи Swiss Open Gstaad чемпиони! 0 09:58Марказий жанги Хотамбек Бойназаров иштирокида ўтадиган UAE Warriors 62 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:37Ёзги Универсиадада қатнашадиган талаба дзюдочиларимиз Германияга жўнаб кетишди 0 09:16Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди 0 08:55Данила Семериков янги мавсумга Москвада тайёрланяпти 0 08:34Макс Холлоуэй UFC раҳбарларига эътироз билдирди 0 08:13Анвар Бойназаров ва Шоҳруҳ Холмуродов Karate Сombat 56 турнирида жанг ўтказди + ФОТО 0 07:52Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда 0 07:31Ўзбекистон делегацияси Японияда антидопинг тажрибасини ўрганмоқда 0 20:13Ҳасанбой Дўсматов профессионал боксда навбатдаги жангини ўтказди (ВИДЕО) 0

04 jan 16:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Beterbiev Usikning yutuqlarini baholadi

Teglar :  UsikBeterbiev
Artur Beterbiev Joshua va Usik o'rtasidagi chempionlik jangi haqida gapirdi.

Yarimog'ir vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishlari bo'yicha jahon chempioni Artur Beterbiev Entoni Joshua va Aleksandr Usik o'rtasidagi jang haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

U og'ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Aleksandr Usikni Entoni Joshua bilan jang oldidan tanqid qilinganiga qaramay, uni hurmat qilishini aytib o'tdi.

"Ko'pchilik meni hasad qiladi deydi, lekin men nega hasad qilishim kerak? Men o'z ishim bilan shug'ullanyapman. Men hech kimga yomon munosabatda emasman. Men qilayotgan ish oson ish emas. Ularning ikkisi ham bunga erishdi — Usik ham, Joshua ham. Ular shunga loyiq bo'lgani uchun bunga erishganlar. Men buni hurmat qilaman. Menda ular haqida hech qanday fikr yo'q".

"Men Usikka qarshiman? Men haligacha ham bu jangni ko'rmadim. Usik tarafidaman? Agar men ulardan birining tarafida bo'lganimda, jangni kuzatgan bo'lardim. Usik bilan uch marta jang qildim, bu jangni ko'rish menga unchalik ham qiziq emas edi".


Beterbiev ukrainalik bokschining yutuqlari haqida ham gapirdi.

"Men uning bu ishni qila olganini hurmat qilaman. Men uning bunday natijalarga erishganini hurmat qilaman. Bu juda zo'r", - dedi Beterbiev.

Eslatma uchun, Usik Joshuani hakamlarning umumiy qaroriga ko'ra mag'lub etgan edi. Bokschilar o'rtasidagi revansh jangi 2022 yilning birinchi yarmida tashkillashtirilishi mumkin. 

Avvalroq Aleksandr Usik ESPN talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi bokschilari ro'yxatida ikkinchi bo'lgani haqida xabar berilgandi.

Diyor Mavlonov tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing