21 iyu 08:13
Yangiliklar

Anvar Boynazarov va SHohruh Xolmurodov Karate Sombat 56 turnirida jang o'tkazdi + FOTO
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu oqshom doirasida ikki hamyurtimiz ham o'z janglarini o'tkazishdi. Tajribali Anvar Boynazarov ushbu Ligadagi o'zining uchinchi jangida braziliyalik 29 yoshli Daniel Laserdani sinovdan o'tkazdi. Jangning birinchi raundi yakunlanishiga 7 soniya qolgan bir paytda bazasi taekvondo bo'lgan Laserda 36 yoshli Boynazarovni texnik nokautga uchratdi.
Bu Anvar Boynazarovning ketma-ket ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. Hamyurtimiz Karate Combat 53 turnirida argentinalik Luis Gerreroga ham nokaut evaziga imkoniyatni boy bergandi. Endi uning hisobida Karate Combat ligasida 1 ta g'alaba 2 mag'lubiyat bor. Daniel Laserda esa debyut jangidayoq yorqin g'alabani qo'lga kiritdi.
Karate Combat 56 turniri doirasida yana bir aralash yakkakurash ustamiz o'z jangini o'tkazdi. SHohruh Xolmurodov ham afsuski, ukrainalik Aleksander Krutckixga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berdi. Xolmurodov jangovar karatedagi debyut jangini Karate Combat 53 turniri doirasida amerikalik Braynen Makiverga qarshi o'tkazib, birinchi raundda texnik nokaut evaziga zafar quchgandi.
Fikrlar