So’nggi yangiliklar

12:32Тео Эрнандеснинг “Ал Ҳилол“да қанча маош олиши маълум 0 12:11Муроджон Аҳмадалиев илк бизнесини йўлга қўйди (ВИДЕО) 0 11:50UzChess Cup. Бугун ғалвир сувдан кўтарилади, уччала гуруҳда ҳам чемпион бўлишимиз мумкин 0 11:29Шоҳасан яна ўйиндан чиқди. Octagon 75 марказий жангида Азамат Нуфтиллаевни кўрамиз + ПОСТЕР 0 11:08Элдор Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди 0 10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0

06 fev 20:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschilarimizga Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati etkazildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan Oliy Majlis palatalari va xalqimizga yo'llangan Murojaatnoma O'zbekiston aholisining ertangi kuniga yanada katta ishonch bag'ishladi deyish mumkin.

Prezidentimiz o'z Murojaatnomasida yakunlangan yil naqadar og'ir va masuliyatli o'tgani, ammo xalqimiz ushbu sinovlarni birgalikda, yakdil bo'lib engib o'tganligini alohida takidladi.

Bugun Toshkent viloyatida joylashgan "Yangiobod" o'quv bazasida ushbu murojaatnoma yuzasidan davra suhbati tashkil etildi. Unda O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev boshchiligidagi mutasaddilar, terma jamoamiz bosh murabbiyi Marat Qurbonov, terma jamoa murabbiylari va bokschi yigitlarimiz ishtirok etishdi. 

Davra suhbati davomida Murojaatnomada keltirib o'tilgan "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" Davlat dasturini amalga oshirish, jumladan, har tomonlama etuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarni tarbiyalash, iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, inson huquq va erkinliklarini hamda qonun ustuvorligini taminlash, tashqi siyosat, Davlat boshqaruvi organlari ish faoliyati samaradorligi va natijalarini oshirish kabi sohalarda olib borilayotgan islohotlarning mohiyatini yanada chuqur tushuntirib o'tishdi.

"Tokio Olimpiadasi boshlanishiga oz vaqt qoldi. Muhtaram yurtboshimiz siz sportchilarga, hususan bokschilarimizga katta ishonch bildirmoqdalar. 2020 yilda pandemiya sharoitiga qaramay, davlatimiz rahbari tomonidan sportga bo'lgan etibor kamaymadi. Biz sport oilasi vakillari ushbu etibor va g'amxo'rlikka javoban Yaponiya mezbonlik qiladigan Olimpiadada yuqori natijalarni qayd etishimiz lozim", - dedi Murodjon Mamadaliev. 

SHuningdek, yig'ilganlar Murojaatnomada ilgari surilagn tashabbus va g'oyalarning ahamiyati, ijro mexanizmiga to'xtalib o'tildi. Tadbir ishtirokchilari bu borada o'zaro fikr almashdilar. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing