So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

23 iyu 10:51
Yangiliklar

Qilichbozlik

“Bugun ilk marotaba birinchi o'rinni qo'lga kiritdim, shuning uchun yig'layapman". Qilichbozlik musobaqasida kuchlilar saralandi

Teglar :  Qilichbozlik
21-22 iyun kunlari qilichbozlik bo'yicha Parij Olimpiadasi licenziyalari uchun kurashadigan terma jamoa tarkibini aniqlash maqsadida Olimpiya kuniga bag'ishlangan turnir o'tkazildi.

Poytaxtimizdagi Qilichbozlik federaciyasiga tegishli "Paxtakor" sport majmuasi mezbonligidagi musobaqada Toshkent shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardan yig'ilgan 80 ga yaqin yoshlar shpaga va rapira yo'nalishlarida g'oliblik uchun bahslashdilar. Takidlash joizki, musobaqa O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi va Qilichbozlik federaciyasi hamkorligida tashkil etildi.

Kecha bo'lib o'tgan shpaga bo'yicha bahslarda Mirzoulug'bek Muminov 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Finaldan so'ng, Muminov o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

“Qilichbozlik sport turi bilan 5 yildan buyon shug'ullanaman. SHu vaqtgacha O'zbekiston chempionatlarida bir necha bor g'olib bo'lganman. Singapurda bo'lib o'tgan Ochiq turnirda 3-o'rinni qo'lga kiritganman. Mana shu turnirdagi men uchun eng qiyin o'tgan bahs SHoxruh Siddiqovga qarshi kechgan  final bellashuvi bo'ldi. Sababi jarohat bilan harakat qildim. Lekin shukurki, 1-o'rinni qo'lga kiritdim. Eng katta maqsadim Parijda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish”, - dedi Muminov.


Qizlar o'rtasida kechgan bahsda qoraqalpog'istonlik Dilnaz Murzataeva g'alaba qozondi

“Final bahsi juda ham qiyin bo'ldi, yutqazib qo'yaman deb qo'rqqandim. Sababi raqibam meni taqib qilib keldi. Ochkolar orasidagi farq hatto 1 ochkogacha qisqarib ketdi. Ammo murabbiyimning kerakli vaqtda bergan ko'rsatmalari evaziga o'zimga kelib oldim va g'alaba qozondim. Bugun ilk marotaba birinchi o'rinni qo'lga kiritdim, shuning uchun yig'layapman. Murabbiyim Qoraqalpog'istonda, bu erga kela olmaganligi sababli  telefon orqali muloqot qilib turdik bahs davomida. 13 yoshimdan bu sport turi bilan shug'ullanaman. Parij Olimpiadasiga licenziyani qo'lga kiritish eng katta maqsadim”, - dedi Dilnaz Murzataeva.


Dastlabki kuni rapira, 22 iyun kuni esa shpaga yo'nalishida kuchlilar saralandi. 

G'olib va sovrindorlar ro'yxati:

Rapira :

O'g'il bolalar:

1. Anvarxon Solixo'jaev

2. Ilyas Molina

3. Radmir Semeneev

3. Muhammadyusuf Asranov


Qizlar:

1. Marjona Usmonova

2. Oydinoy Naimsherova

3. Maftuna  Davronova

3. Ekaterina Tadjirova



SHpaga:

O'g'il bolalar

1.Mirzoulug'bek Muminov

2. Muhammadyusuf Sidiqov

3. Ismoil Olimjonov

3. Zafar Sidiqov


Qizlar

1. Dilnaz Murzataeva

2. Sevara Rahimova

3. Aziza Hamidova

3. Rada Kasimova


Xurshida Abdikulova va Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing