So’nggi yangiliklar

19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0

15 avg 10:33
Yangiliklar

Dzyudo, Tokio-2020

Davlat Bobonov: Menga Prezidentim va xalqimning ishonchi kuch berdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 13 avgust kuni Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchi, murabbiy, shifokor va mutasaddi rahbarlarni yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlagan edi.

 Mukofot olganlar orasida dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov ham bor. Navoiy viloyati o'g'loni «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi» faxriy unvoniga loyiq ko'rildi. 

«Olimpiya o'yinlari boshqa musobaqalar, xususan jahon va qita chempionatlaridan ancha yuqorida turishiga, saviyasi baland ekaniga bevosita o'z ishtirokim natijasida amin bo'ldim», - deydi Bobonov. - «Olimpiadagacha shu yilning o'zida Qirg'izistonda o'tkazilgan Osiyo chempionatida oltin, Vengriyadagi jahon chempionatida kumush medallarni qo'lga kiritgandim. Bu ikki yutuq menga Olimpiadada yanada kuch berishiga ishongandim. Ammo, musobaqa saviya va darajasi, u erdagi harorat men kutganimdan ham yuqori ekan. Har bir sportchi nafaqat o'zi, balki oilasi, yaqinlari, Vatani shanini himoya qilish uchun harakat qiladi. O'z o'rnida men ham butun musobaqa davomida ortimda 34 millionlik xalqim, ota-onam, yaqinlarim, oila azolarim va Sizdek Prezidentim borligini dildan his qilib turdim. Prezidentim va xalqimning ishonchi menga qo'shimcha kuch berdi. Fursatdan foydalanib, biz sportchilarga qaratayotgan etiboringiz uchun minnatdorlik izhor qilaman. Samolyotdan tushishimiz bilan bizga Prezident sovg'asi sifatida uy va mashina berishdi. Buning uchun yana bir bor rahmat aytaman. Bu bizga yana motivaciya beradi va nasib qilsa, Parij-2024 Olimpiadasida oltin medallar bilan qaytamiz. SHaxsan o'zim shu yuqori minbardan turib Parijdan chempion sifatida kelishimga vada beraman». 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing