So’nggi yangiliklar

15:43Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади? 0 15:22Спорт вазири Олимпия ва паралимпия шон шуҳрати музейида ёшлар билан учрашди 0 15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0 13:37Топурия ёки Оливейра. Махачевдан қолган камарни ким олади? UFC 317 карди билан танишинг 0 13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0

06 dek 20:10
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. O'zbekiston chempionatida qaysi viloyat umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi?

Teglar :  Dzyudo
Uch kun davomida poytaxtimizdagi "Universal" sport saroyida o'tkazilgan va hayajonli lahzalarga boy bo'lgan dzyudo va para-dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.

Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida jami 500 nafardan ziyod dzyudochilar chempionat medallari uchun tatamiga chiqishdi. 

Uch kunlik bellashuvlar yakuniga ko'ra umumjamoa hisobida (ham erkaklar, ham ayollar) Xorazm viloyati terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Vohalik dzyudochilarning ushbu natijasiga ayollar jamoasining muvaffaqiyatli ishtiroki zamin yaratdi. Xorazmlik dzyudochilar 4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 

Ikkinchi o'rinni 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan Surxondaryo viloyati jamoasi band etdi. Kuchli uchlikka 3 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan Toshkent viloyati dzyudochilari yakun yasashdi. 

Toshkent shahri jamoasi 2 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza, Qoraqalpog'iston dzyudochilari 2 ta oltin, 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishdi. Qashqadaryo, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Namangan, Farg'ona va Jizzax viloyati terma jamoalari ham kumush hamda bronza medallariga ega chiqishdi.      

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

+1   
06 dek 20:15:24
Judo 1
Xorazm ayollar jamoasini tabriklayman! Erkaklar jamoasi tarkibini kuchaytirish zarur.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing