So’nggi yangiliklar

19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0 16:16Макс Холлоуэй қандай ҳолатда Топуриянинг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 1 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0

08 noy 19:47
Yangiliklar

Kurash

Farg'onada belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionati yakunlandi FOTOGALEREYA

6-8 noyabr kunlari Farg'ona shahridagi yakkakurash sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan 200 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etgan mazkur kattalar o'rtasidagi chempionatda bellashuvlar har qachongidanda shiddatli va murosasiz bahslarga boy tarzda o'tdi.

Belbog'li kurash federaciyasining hakamlar hayati raisi Toshkentboy Yaxshiboev boshchiligidagi hakamlar guruhi esa kuchlilarni saralab borishdi.

Musobaqaning birinchi kunida erkaklar klassik usulida 8 ta vaznda, ayollar esa erkin yo'nalishda 7 ta vazn toifasida kurash olib borishdi.

Quyida g'olib sportchilar bilan tanishishingiz mumkin.

Erkaklar (klassik yo'nalish)

55 kg. 1. Jamoliddin Nematullaev (Namangan), 60 kg. 1. Husanboy Nosirov (Andijon), 66 kg. 1. Oybek Sultonov (Andijon), 73 kg. 1. Nusratbek Sultonboev (Andijon), 81 kg. 1. Husniddin Ro'ziev (Andijon), 90 kg. 1. Zaylobiddin Ortiqov (Toshkent sh.), 100 kg. 1. Azam Anvarjonov (Andijon), +100 kg. 1. SHerzod Rahimov (Farg'ona). 

Ayollar (erkin yo'nalish)

48 kg. 1. Kamolaxon Xabibullaeva (Andijon), 52 kg. 1. Madinaxon Akramova (Andijon), 57 kg. 1. Zemfira Azatova (Qoraqalpog'iston), 63 kg. 1. Manzuraoy Muydinova (Farg'ona), 70 kg. 1. Dilafro'z Mamajonova (Namangan), 76 kg. 1. Zeboxon Nosirova (Namangan), +76 kg. 1. Anife Kurtseitova (Andijon)

CHempionatning ikkinchi kunida erkaklar belbog'li kurashning erkin usulida 7 ta vazn toifasida o'zaro kuch sinashishdi.  

Erkaklar (erkin yo'nalish)

55 kg. 1. Abbos Xomidov (Farg'ona), 60 kg. 1. Azizbek Azimjonov (Farg'ona), 66 kg. 1. Xolmirza Hasanboev (Toshkent sh.), 73 kg. 1. Hasanjon Mirzarahimov (Farg'ona), 81 kg. 1. Muhammadillo Hayitboev (Namangan), 90 kg.1. SHerzod Abdumutalov (Namangan), 100 kg. 1. Ilyosjon Obidjonov (Farg'ona), +100 kg. 1. Davron Abdurahmonov (Farg'ona). 

Bellashuvlar yakuniga etgach, kuchli uchlikdan joy olgan sportchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho  sovg'alar bilan mukofotlanishdi. 

Taqdirlash marosimida shuningdek, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov ham ishtirok etib, medallarni qo'lga kiritgan sportchilarga hamda nominaciya g'oliblariga federaciya tomonidan ajratilgan  esdalik sovg'alarini topshirdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing