So’nggi yangiliklar

14:29Шаҳрам Ғиёсов Мэнни Пакьяонинг чемпионлик жанги ҳақида гапирди 0 14:08Иқтидорли хоккейчимиз Салоҳиддин Азимов Швеция клубига ўтди 0 13:47Шомуродов ва Файзуллаев Туркияда юртимиз шарафини ҳимоя қилаётган даун синдромли спортчиларимиз билан учрашди + ФОТО 0 13:2622 ёшли Алькарас Надаль ва Сампраснинг натижасини такрорлади 0 13:05Лобов Конорнинг Путин билан учрашуви ва унга виски совға қилганини эслади 0 12:44Станионис Эннисга мағлуб бўлганидан кейинги илк жангини ўз уйида ўтказади 0 12:23Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган 0 12:02Винус Уильямсга US Open-2025 турнир учун wild card тақдим этилди 0 11:41Муҳаммаджон Қурбоновнинг навбатдаги жанг санаси ва манзили эълон қилинди 0 11:20Собиқ жаҳон чемпиони Энди Руис рингга қайтишга яқин 0 10:59"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди 0 10:38Хамзат Чимаев UFC тарихидаги беш буюк жангчини санаб берди 0 10:17Дунёнинг биринчи ракеткаси Цинциннати "Мастерс" 1/4 финалида 0 09:56Шунчаки қойил! Дрикус дю Плесси жанглар оралиғидаги вазнини айтди 0 09:35"Барселона" футболчисини 60 млн еврога сотишга тайёр 0

27 apr 13:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Fyodor CHudinov: "Akam uchun qasos olaman"

Xabar berganimizdek, 29 aprel kuni Rossiyaning Krasnogorsk shahridagi Vegas City Hall arenada navbatdagi professional boks kechasi o'tkaziladi.

Oqshomning markaziy jangida ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq WBC Silver kamari sohibi Azizbek Abdug'ofurov (13-1,5 KO) rossiyalik tajribali bokschi, sobiq jahon chempioni, hozirda ikkinchi o'rta vaznda WBA Gold kamari sohibi bo'lib turgan Fyodor CHudinovga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang 10 raund etib belgilangan.  

Kecha bokschilar matbuot anjumanida ishtirok etishdi va jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. 34 yoshli CHudinov (25-2-1,17 KO) Abdug'ofurovdan akasining mag'lubiyati uchun revansh olish istagida ekanini malum qildi.

"Vaziyat taqozosi bilan jangim uch marta qoldirildi. SHuncha marta vazn haydashga to'g'ri keldi.  Ha, bu asab buzarlikdan hech kim kafolatlanmagan. Hozir o'zimni juda yaxshi xis qilyapman. Murabbiyim bilan birga raqibim ishtirokidagi janglar, xususan Pavel Silyaginga qarshi o'tkazgan so'nggi bahsini ko'rib, tahlil qilib chiqdik. Jangga zarur taktika va strategiyani ishlab chiqdik. 

Azizbek — tezkor va shu bilan birga nostandart bokschi. Uning asosiy quroli — bu tezlik! Avvalgi janglarimdagi taktikani bu safar o'zgartiraman. Ilk raunddan birinchi raqam ostida harakat qilaman. Odatda to'rtinchi yoki beshinchi raunddan boshlar edim. Ungacha kuzatuv bo'lardi. Akam 2018 yil Abdug'ofurovga yutqazib qo'ygandi. Meni hamon o'sha mag'lubiyat qiynaydi. Qasos olish uchun borimni beraman. Buning uchun sovuqqon bo'lishim kerak", — dedi 34 yoshli CHudinov. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing