So’nggi yangiliklar

18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0 15:12Царукян UFC 319 олдидан Чимаевнинг машғулот лагерига қўшилди (ФОТО) 0 14:51Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади" 0 14:30Жиу-житсу юлдузи Маркус "Бучеча" UFC`да дебют қилади 0

09 avg 10:32
Yangiliklar

Karate

Hakamlar "xarom" qilgan Olimpiada. Xushini yo'qotgan karatechi Olimpiada chempioni bo'ldi

Teglar :  Tokio-2020Karate
Tokio-2020 Olimpiadasi hakamlarning xurmacha qarorlari bilan ham esda qoladigan bo'ldi.

Xususan, hakamlar Yaponiya milliy sport turi bo'lgani uchun ilk bor Olimpiada dasturiga kiritilgan karate musobaqasida ham "kalla" qo'yishdi.

Karate-kumite musobaqasining +75 kilogramm vazn toifasi chempionlik taqdirini aynan hakamlarning qarori hal qildi. Final bahsi boshlanishidan bir daqiqa o'tib, saudiyalik Tareg Xamedi 4-1 hisobida oldinda borayotgandi. Aynan shu vaziyatda u eronlik Sajadu Gyanjzadaning boshiga oyoqda zarba berdi va raqibini nokautga uchratdi. 

Xamedi g'alabasini tantana qilishga chog'langan bir pallada hakamlar katta sahnaga chiqishdi. SHifokorlar xushsiz yotgan Gyanjzadani kislorod yordamida zambilda zaldan olib chiqib ketishdi. Hakamlar esa uzoq davom etgan maslahatlashuvdan so'ng Sajad Gyanjzadani +75 kg vaznda birinchi Olimpiada chempioni deb elon qilishdi. Ularning fikricha, Tarega Xamedi raqibiga taqiqlangan zarba yo'llagan. Bu esa uning diskvalifikaciyasini taminladi. 

Hakamlarning qarorini eshitgan Xamedi tatamini ko'zida alam yoshi bilan tark etdi. Xushiga kelgan Gyanjzada esa Olimpiada chempioni bo'lganini eshitib, ko'zlariga ishonmadi.  

"Olimpiadaning oltin medalini qo'lga kiritganimdan xursandman. Lekin aynan bu yo'l bilan chempion bo'lganimdan xafaman", - degan Gyanjzada finaldan keyingi matbuot anjumanida.

Reyting: -8   

Fikrlar

   
09 avg 12:50:12
Dark Warrior
Biz ham bu yo'l bilan chempion bo'lganingdan xafamiz.Agar oltin medal olmaganingda biz Osiyoda Erondan bir pog'ona yuqorida 4-o'rinda bo'lardik.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing