So’nggi yangiliklar

13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0 11:23Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди 0 11:02Собиқ UFC жангчимиз Зарруҳ Адашев "ов"га қайтмоқда + ПОСТЕР 0 10:41Анкалаев – Чимаевга қарши жанг ҳақида: "Хуш келибсан!" 0 10:20US Open. Медведев қаторасига учинчи "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ ютқазди 0 09:59Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир 1/2 финалчи аниқланади 0 09:38Рақамланган UFC 320 турнири карди яна бир жанг билан тўлдирилди 0 09:17Рамазон Темиров UFC допинг учун қандай чора кўра деган саволга жавоб берди 0 08:56Осиё крикет Кенгаши вакиллари Ўзбекистон крикет федерацияси фаолиятини муносиб баҳолади 0 08:35Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади 0

25 avg 12:20
Yangiliklar

Xokkey

"Humo" kecha amaldagi Kubok sohibiga bullitlar seriyasida yutqazdi. Keyingi o'yinlar qachon?

Teglar :  HumoSariarka
Kecha "Sariarka" (Qarag'anda) - "Humo" (Toshkent) o'yini bilan xokkey bo'yicha Qozog'iston Kubogiga start berilgan edi.

Qisqa muddatda tarkibi qayta shakllantirilgan Toshkentning "Humo" jamoasi guruh bosqichining ilk uchrashuvini amaldagi Qozog'iston Kubogi sohibi, Qarag'andaning "Sariarka" klubiga qarshi o'tkazdi. Asosiy vaqtda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Bullitlar seriyasida esa omad mezbonlarga kulib boqdi. 

Qozog'iston Kubogi har yili avgust oyida, chempionat boshlanishi oldidan o'tkazib kelinadi. Unda Pro Hokei Ligasy turnirida ishtirok etuvchi jamoalar bosh sovrin uchun bahs olib boradi. Bu yilgi turnir 1 sentyabrga qadar davom etadi va unda 12 jamoa 3 guruhga bo'lingan holda kubok uchun kurashadi. A guruhi o'yinlari Qarag'anda, B kvarteti uchrashuvlari Almati, C guruhi bahslari esa poytaxt Nur-Sultan shahrida o'tkaziladi.

Guruh g'oliblari hamda eng yaxshi natija qayd etgan bitta jamoa 1/2 finalga yo'l oladi. Yarim final 31 avgust, final uchrashuvi esa 1 sentyabr kuni  Nur-Sultan shahrida bo'lib o'tadi. So'nggi ikki yilda "Humo"ning kechagi raqibi "Sariarka" Qozog'iston Kubogi sohibi bo'lib kelmoqda. 

Qozog'iston Kubogining barcha g'oliblari

2021 - "Sariarka"

2020 - "Sariarka"

2019 - "Altay-Torpedo"

2018 - "Altay-Torpedo"

2017 - "Kulager"

2016 - "Kulager"


"Humo"ning keyingi o'yinlari:

26 avgust, juma

"Aktobe" - "Humo"

"Kulager" - "Sariarka"


28 avgust, yakshanba

"Humo" - "Kulager"

"Sariarka" - "Aktobe"

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing