26 avg 09:17
Yangiliklar

Ramazon Temirov UFC doping uchun qanday chora ko'ra degan savolga javob berdi
Bir muddat avval Ramazon Temirovning qon tarkibida taqiqlangan modda aniqlangani bois, uning qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi jangi bekor qilingandi. Ko'pchilikni hamyurtimizning UFC`dagi keyingi taqdiri qiziqtirmoqda. Temirovning o'zi Instagram sahifasida muxlislardan shu manoda kelgan savolga javob berdi.
"UFC doping sabab menga qanday chora qo'llaydi? Men ichgan dori oddiy preparat edi. SHu sababdan, jazo jiddiy bo'lmadi. SHu yil noyabr oyida Qatar yoki AQSHda o'tkaziladigan turnirlarda oktagonga qaytaman. Raqib kim bo'lishining menga umuman farqi yo'q. O'zim reytingning Top-5`taligidan joy olgan jangchilardan birini beringlar deb so'radim. Tez kunlarda yangilik bo'lishi kerak", - dedi Temirov.
Fikrlar