19 may 11:55
Yangiliklar

Humoyun Sultonov "Rolan Garros" turnirida ishtirok etadi + FOTO
Biz uchun ahamiyatlisi, French Open 2025 turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etadi. "To'qqiz yildan so'ng yana bu erga qaytganimdan xursandman", dedi tennichimiz o'z xursandchiligini ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilari bilan bo'lishib.
Qura natijasiga ko'ra, Sultonov ilk davrada ispaniyalik tajribali tennischi Albert Ramos-Vinolasga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi. 37 yoshli Albert Ramos faoliyatida davomida 4 ta ATP turnirida chempion bo'lgan. Faoliyatidagi eng yuqori reyting pog'onasi 17-o'rin (8 may, 2017 yil) hisoblanadi. Turnirlardagi ishtirokidan taxminan 11 million dollar ishlab topgan. "Rolan Garros" turniridagi eng yaxshi natijasi 1/4 final (2016) bo'lgan.
Humoyun Sultonov - Albert Ramos uchrashuvi bugun, bizning vaqt bilan soat 16:00da boshlanadi. Humoyun ayni paytda ATP reytingida 224, Ramos esa 248-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro ilk uchrashuvi bo'ladi.
Fikrlar