So’nggi yangiliklar

19:32Конор МакГрегор допинг тестлар базасига қайта кирди 0 19:11Андижон “Uzbekistan Judo Tour”да кучлилар аниқланди 0 18:50Расмий хабар: "Насаф" Нигерия терма жамоаси собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олди 0 18:29"UFC мени ҳурмат қилмаяпти" - Хукер 0 18:08U-19 жаҳон чемпионати. 1/8 финалдан ўрин олган Ўзбекистон - Италия ўйини кутилганидан тез якунланди 0 17:41Икки кишининг ўлимига сабаб бўлган Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси 10 йилга қамалиши мумкин (+ВИДЕО) 0 17:20Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди 0 16:59Рой Жонс: "Мен Усикни мағлуб этиш йўлини топган бўлардим" 0 16:38Леннокс Льюис Усикни енгиши мумкин бўлган боксчи кимлигини айтди 0 16:14Лазизбек Мулложоновда антидопинг қоидаларини бузиш борасида муаммолар пайдо бўлди 0 15:50Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси 0 15:24Esports World Cup Chess. Бироздан сўнг Нодирбек ва Жавоҳир сўнгги имкониятдан фойдаланади, рақиблар маълум 0 15:03"Хамзатдан қочиш керак эмас". UFC собиқ чемпиони Дю Плессига маслаҳат берди 0 14:41Esports World Cup Chess. Абдусатторов Магнус Карслен, Синдаров Ҳикару Накамурага қарши ўйнади 0 14:20"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди (ФОТО) 0

08 mar 15:38
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Ilk bor para tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazildi FOTOREPORTAJ

Teglar :  ParalimpiyaAmirsoy
“Amirsoy” tog' chang'i kurortida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi tomonidan ilk bor para tog' chang'isi bo'yicha O'zbekiston chempionati tashkil etildi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari SHahrillo Mahmudov, O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltaboev, “Amirsoy” tog' chang'i kurorti bosh direktori Saidvali Saidxo'jaev so'zga chiqib, so'nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz tomonidan qishki sport turlariga ham alohida etibor qaratilayotgani va barpo etilayotgan zamonaviy sport majmualaridan unumli foydalangan holda para atletlarimizni qishki Paralimpiya o'yinlarida ham munosib ishtirok etishini taminlash bo'yicha tizimli ishlar yo'lga qo'yilayotganini takidlashdi.

Qiziqarli kechgan musobaqa yakunlariga ko'ra, para tog' chang'isi bo'yicha ayollar o'rtasida Asel Turdimuratova g'oliblikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin esa Yulduz Mahmudovaga nasib etdi.

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda Firdavs Xudoyatovga teng keladigani topilmadi. Kumush medalga Kamron Abduvohidov sazovor bo'ldi.

Bundan tashqari, para snoubord hamda aravachada kyorling bo'yicha saralash tadbirlari o'tkazilib, iqtidorlilar tanlab olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing