So’nggi yangiliklar

13:29WBC Сергей Богачукни рейтингнинг биринчи поғонасига қайтаради 0 13:08Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов "чўкиш"да давом этмоқда 0 12:47ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади 0 12:26US Open. Жокович ўзидан тенг баробарга ёш рақибини ютди 0 12:05Алжамейн Стерлинг янгиланган рейтингда кўтарилди 0 11:44Хабиб Нурмагомедов: "Маддаленани анчадан бери кузатаман – унинг битта камчилиги бор" 0 11:23Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди 0 11:02Собиқ UFC жангчимиз Зарруҳ Адашев "ов"га қайтмоқда + ПОСТЕР 0 10:41Анкалаев – Чимаевга қарши жанг ҳақида: "Хуш келибсан!" 0 10:20US Open. Медведев қаторасига учинчи "Катта Дубулға" турнири стартидаёқ ютқазди 0 09:59Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир 1/2 финалчи аниқланади 0 09:38Рақамланган UFC 320 турнири карди яна бир жанг билан тўлдирилди 0 09:17Рамазон Темиров UFC допинг учун қандай чора кўра деган саволга жавоб берди 0 08:56Осиё крикет Кенгаши вакиллари Ўзбекистон крикет федерацияси фаолиятини муносиб баҳолади 0 08:35Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади 0

24 avg 16:06
Yangiliklar

Tadbirlar

Islom birdamligi o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarimizning murabbiylari ham taqdirlanishdi

Sportni rivojlantirish vazirligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 avgustdagi 355-sonli qaroriga muvofiq, Konya-2021 V Islom birdamligi o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarning murabbiylarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Malumki, bu borada davlatimiz rahbari tomonidan “Konya shahrida (Turkiya) bo'lib o'tgan V Islom birdamligi o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag'batlantirish to'g'risida"gi Prezident qarori imzolangan edi.

Taqdirlash marosimida Adham Ikramov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi mutasaddilari, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov hamda SHerzod Tashmatov ishtirok etishdi. Tadbir avvalida A.Ikramov sportchilarimizning qo'lga kiritgan yutuqlari va ularning zamirida murabbiylarimizning xizmatlari beqiyos bo'lganligini alohida takidlab o'tdi.

SHundan so'ng, Turkiyada o'tkazilgan V Islom birdamligi o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarning murabbiylariga bir martalik pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqada sportchilarmiz 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medal bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so'ng ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Bu O'zbekiston sport delegaciyasining kompleks musobaqalardagi eng yuqori natijasi sifatida tarixga kirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing