So’nggi yangiliklar

22:27Волейболчиларимизнинг ЖЧ 1/8 финалидаги рақиблари аниқ бўлди 0 19:45Халқаро Турон федерацияси АҚШда расман рўйхатдан ўтди 0 19:20Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда 0 18:59Жон Жонс Емельяненко билан "Қизил майдон"да жанг қилиш ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:38Кайо Борральо дю Плесси - Чимаев тўқнашуви учун захира жангчиси бўлади 0 18:16Анкалаев – Перейра жанги учун захира варианти маълум қилинди 0 18:14Волейбол. ЖЧ-2025. Гуруҳдаги сўнгги ўйинда Бельгияга ютқаздик 0 17:51Аёллар футболи. Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади 0 17:24Қозоғистонлик Азат Максумнинг кейинги рақиби, жанг санаси ва манзили расман эълон қилинди 0 17:01Эдди Хирн: "Ортис билан жанг албатта бўлади" 0 16:38Исроил Мадримов россиялик Жаҳон чемпиони билан жанг қилиш истагида — манба 0 16:15Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди 0 15:51UFC жангчиси Топурияга рақобат қила оладиган ягона жангчи кимлигини айтди 0 15:25Теннис маликаларимизнинг бари WTA рейтингида пастлади, тез орада Топ-1000`да бизникилардан ҳеч ким қолмайди 0 15:02Пётр Ян — Умар Нурмагомедов билан жанги ҳақида: "Бу менга нисбатан ҳурматсизлик бўларди" 0

04 mar 21:46
Yangiliklar

Tennis

Istomin va Sultonov bugun nega kortga chiqmadi? Do'stov savolni ochiqladi

Bugun Olimpiya zaxiralari tennis maktabida "Devis Kubogi" 1-jahon guruhi, pley-off bosqichi doirasidagi O'zbekiston - Turkiya tuchrashuvining birinchi kungi bahslari o'tkazildi.

Dastlabki kungi qarama-qarshilikdan so'ng terma jamoalar o'rtasidagi hisob hozircha - 1:1. 

Bugun ko'pchilik kortda Denis Istomin va Humoyun Sultonovni ko'rishni xohlagandi. Ammo, ular bugungi o'yinlarda ishtirok etishmadi. Buning sababini bilish maqsadida olamsport.com sayti muxbiri terma jamoa sardori Farrux Do'stov bilan suhbatlashdi va bu holatga oydinlik kiritdi. 

- Bugun nima sababdan Denis Istomin va Humoyun Sultonov tarkibga kiritilmadi? 

- Ularning har ikkisida ham jarohat bor. SHu sababli bugungi o'yinda ular ishtirok eta olishmadi. Istomin mashg'ulot o'tkazayotganda o'ng oyog'idan jarohat oldi. Humoyun esa tizzasidan jarohat olgandi. Bugungi o'yin uchun ularni tayyorlashga harakat qildik, ammo buning uddasidan chiqa olmadik. 

- Ertaga tarkibda o'zgarish bo'lishi mumkinmi? 

 - Ko'ramiz. Terma jamoadagilar bilan maslahatlashamiz va vaziyatdan kelib chiqqan holda qaror qabul qilamiz. Balki Humoyun Sultonov ertaga o'ynab qolishi ham mumkin. Agar tarkibda o'zgarish bo'lsa, Istominga qaraganda Humoyunning kortga chiqish ehtimoli yuqoriroq. 

- Sanjar Fayziev ikki bor medical time'ga murojaat qildi. Unda jarohat yo'qmi? 

- Hammasi joyida. Qo'lida ozgina og'riq sezgani sababli u medical time'ga murojaat qildi. Bu ertangi o'yinga hech qanday tasir o'tkazmaydi. SHifokorlarimiz u bilan ishlashadi. 


Xurshida Abdikulova suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing