So’nggi yangiliklar

16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0 13:38Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0 13:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр 0 12:56Фьюри 500 млн доллар эвазига UFC'да жанг қилишга тайёр 0 12:35Нима? Трамп ва Уайт Оқ уйда UFC турнирини ўтказишмоқчи 0 12:14TUF 33. Қозоғистонлик Алиби Идрис ҳамюртимиз Фурқатбек Ёқубовга қозоқ чопонини совға қилди (ВИДЕО) 0 11:53Элдор Шомуродовнинг янги жамоаси маълум қилинди 0 11:32Дунёнинг биринчи ракеткаси Уимблдон учинчи даврасида 0

23 may 11:26
Yangiliklar

Og'ir atletika

Jahon chempionati oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo og'ir atletika federaciyasining vice-prezidenti SHaxrillo Maxmudov, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jo'ra Zoirov, Gruziya og'ir atletika federaciyasi prezidenti, 3 karra Olimpiada chempioni Kaxi Kaxiashvili javob berishdi.  

Dastlab SHaxrillo Maxmudov so'zga chiqdi: "

Avvalambor, jahon chempionatiga tayyorgarlikning turli qismlarida yordam bergani uchun hukumatimizga tashakkur. SHuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasiga rahmat aytmoqchiman. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rildi.

Kuni-kecha xalqaro og'ir atletika federaciyasi vakillari bilan musobaqa o'tishi rejalashtirilgan zalni ko'zdan kechirdik. Musobaqa uchun barchasi tayyor. 

Asosiy vazifa 4-yo'llanmani qo'lga kiritish. Rekordlar yoki boshqa natijalarga chalg'ib, asosiy maqsadni unutmaslik zarur. Yo'llanma uchun Kumushxon Fayzullaeva va Jabborova Tursunoy harakat qilishadi. Qolgan barcha sportchilarimizdan ham muvaffaqiyatli chiqishlarni va sovrinlar o'rinlarni egallashlarini kutib qolamiz. 

SHuningdek, musobaqani chiroyli o'tkazib olgach, mehmonlarni uy-uylariga tinch, eson-omon kuzatib olishimiz juda muhim".

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jo'ra Zoirov: 

"Musobaqaga ko'ngildagidek tayyorgarlik ko'rdik. Federaciya rahbariyatiga tashakkur, barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdi. Musobaqada avval rejalashtirilganlardan faqatgina Nigora Suvonova turnirda ishtirok etmaydi. Yosh sportchimiz asosiy terma jamoamiz tarkibida Vladivostokdagi yig'in davomida jarohat olgan va biz ehtiyot chorasi sifatida ham musobaqani o'tkazib yuborishni maqul ko'rdik.

Jahon chempionatida kuchli jamoalar etarlicha topiladi. Gruziya, Rossiya va armanistonlik atletlar avvaldan favoritlar qatorida tilga olingan bo'lsa, osiyoliklar qanchalik kuchga ekanini yaqinda Toshkentda o'tgan qita chempionatidagi jahon rekordlari soni isbotlab turibdi.

Turnirda Muhammadqodir Toshtemirov va Kumushxon Fayzullaevadan nafaqat oltin medal balki rekord ham kutyapmiz.

To'g'ri, biz bundan ham ko'proq atletni musobaqa ro'yxatiga kiritishimiz mumkin edi. Ammo birinchidan, aslida musobaqa xorijda o'tishi kerak edi, pandemik holat tufayli O'zbekiston chempionatni qabul qilmoqda, lekin ro'yxatni o'zgartirishning endi iloji yo'q edi. Qo'shimchasiga, biz terma jamoa bazasiga jamlangan sportchilarni to'liq bilamiz va ulardan ko'nglimiz to'q. Biz to'liq nazorat qila olmagan atletni xalqaro musobaqaga ro'yxatdan o'tkazish esa tavakkalchilik bo'lardi.

Umid qilamanki, biz bazi raqiblardan son jihatidan kamroq bo'lsak ham, sifat borasida muxlislarni xursand qila olamiz".

Gruziya og'ir atletika federaciyasi prezidenti, 3 karra Olimpiada chempioni Kaxi Kaxiashvili: 

"Men bundan bir necha yil muqaddam yurtingizga tashrif buyurganman. U paytlar hali sportchi edim, endi Federaciya prezidenti sifatida bu erdaman.

Do'stim SHaxrillo boshchiligida O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi katta ish bajargani, musobaqaga ajoyib tayyorgarlik ko'rganiga guvoh bo'ldim. Yurtingizning go'zalligini alohida tariflab o'tish lozim. Umuman olganda musobaqa borasida ham, yurtingiz haqida taassurotlar ham ajoyib.

Uch yil muqaddam yurtingizda o'tgan jahon chempionatiga ham u qadar ko'p sportchi bilan kelmagandik. Ammo medallar borasida eng yaxshi bo'lganmiz. Bu safargi musobaqada faqatgina yuqori o'rinlar uchun kurashamiz".

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing