So’nggi yangiliklar

13:54ESPN Espy "Йилнинг энг яхши жангчиси"ни аниқлади. У Махачев ёки Топурия эмас! 0 13:33Умида Омонова FIDE Жаҳон кубогининг учинчи босқичида қийин вазиятдан чиқиб кетди 0 13:12“Реал“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 футболчи тарк этиши мумкин 0 12:51Канело Усикнинг ғалабаси учун катта пул тикди 0 12:30Бугун эркаклар ўртасидаги Уимблдон турнири ғолиби аниқланади 0 12:09Paks Junior European Cup 2025. Бугун 7 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:48“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди 0 11:27UFC on ESPN 70 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 11:06Анвар Анваров олтин медаль эвазига жорий мавсум иккинчи бор Ўзбекистон рекордини янгилади 0 10:45Асосий жанги нокаут билан якунланган UFC on ESPN 70 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 10:24Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин 0 10:03Junior European Cup 2025. Мусобақанинг биринчи куни 5 та медаль қўлга киритдик + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 09:42Шакур Стивенсоннинг Уильям Сепедага қарши жанги тўлиқ давом этди 0 09:21UFC on ESPN 70 турнирининг асосий жанги 38 сония давом этди 0 08:53Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди? 0

29 okt 09:19
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionatida polvonlarimiz hozircha 12 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO

Ayni kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida 19-jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Kecha start olgan ushbu jahon chempionatida 38 davlatdan 250 nafarga yaqin polvonlar g'oliblik uchun kurash olib borishmoqda. Quvonarlisi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi 18 nafar terma jamoamiz azolari (bosh murabbiy Azamjon SHokirjonov) ham mazkur jahon chempionatida munosib ishtirok etishmoqda.

Xalqaro toifadagi hakamlarimizdan Bekbergan Boltaev hamda Nematullo To'ychievlar esa ushbu jahon chempionatida hakamlik vazifasini o'tashmoqda. Jahon chempionati reglamentiga ko'ra, kecha belbog'li kurashning erkin yo'nalishi bo'yicha g'olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.

Murosasiz va shiddatli tarzda o'tgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 2 ta kumush va 8 ta bronza medallariga ega chiqib, umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lishdi. G'olib sportchilarimiz sharafiga madhiyamiz jahon arenasida baralla yangradi, Vatanimiz bayrog'i sarbaland ko'tarildi.

Quyida jahon chempionatining g'olib va sovrindor kurashchilari bilan tanishamiz:

Oltin medal sohiblari:

-100 kg. Nodirbek Ahadjonov (Toshkent sh.)

-66 kg. Maftunabonu Mahmudova (Andijon)

Kumush medal sohiblari:

-57 kg. Husanboy Nosirov (Andijon)

-90 kg.Jasurbek Isroilov (Andijon)

Bronza medal sohiblari:

-82 kg. Husniddin Ro'ziev (Andijon)

+100 kg. Azamjon Anvarjonov (Andijon)

-62 kg. Dostonbek Obidjonov (Namangan)

-68 kg. Murodjon Xamidov (Namangan)

-75 kg. Og'abek Amatboev (Xorazm)

-52 kg. Muxlisaxon Sotvoldieva (Farg'ona)

-57 kg. Manzuraoy Mo'ydinova (Farg'ona)

-76 kg. Ziyodaxon Ergasheva (Farg'ona)

Jahon chempionatining ikkinchi kuni yani bugun belbog'li kurashning klassik yo'nalishida bellashuvlar bo'lib o'tadi. Polvonlarimizga ushbu yo'nalishda ham omad tilaymiz.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing