So’nggi yangiliklar

14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0 13:41Хамзат Чимаев бу йил бошқа жанг ўтказмайди 0 13:20Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди 0 12:59Бразилиядаги UFC турнирида яна бир қизиқарли жанг гувоҳи бўламиз 0 12:38"Дю Плесси ниҳоят ёш ва чанқоқ жангчига қарши чиқди – натижани эса кўриб турибсиз" - UFC жангчиси 0 12:17Бокс бўйича амалдаги Украина чемпиони допинг сабаб 10 йилга четлатилди 0 11:56ЦСКА Файзуллаевнинг трансфер тўловини тасдиқлади 0 11:35Камару Усман ўрта вазнда ким Чимаевга қарши туриб бера олишини айтди 0 11:14Янгиланган UFC рейтингида Рамазон Темиров нечанчи ўринда? Асу Алмабаевчи? 0 10:53Собиқ UFC чемпиони Дейвесон Фигередонинг рақиби маълум 0 10:32Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 10:11Шахматчиларимиз U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида яна икки учрашув ўтказишди 0 09:50"Чучвара отмен". Чимаев танлаган рақибнинг жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0

06 iyu 16:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Jasur Mirzamuhammedov: "ONE FC'da birinchi o'zbek bo'lganim uchun..." +VIDEO

Hamyurtimiz Jasur Mirzamuhammedov ONE FC'dagi muvaffaqiyatli debyuti haqida fikr bildirdi.

ONE FC'dagi ilk o'zbek Jasur Mirzamuhammedov debyut jangi va yaqin oradagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

"Promoushendagi birinchi o'zbekistonlik bo'lganim uchun sal hayajon bilindi. SHu sababli ham birinchi raundda imkoniyatni boy berib qo'ydim. Keyingi raundda Vatanim, xalqim, oilam uchun jang qilishim kerakligini yanada tushunib etdim va shundan so'ng yanada kuchliroq harakat qila boshladim", - dedi Mirzamuhammedov.

- Aslida 20 mayda oktagonga ko'tarilishingiz lozim edi, ammo jang sananasi o'zgardi. Bu sizlarning tayyorgarligingizga qiyinchilik tug'dirmadimi?

- Viza bilan muammo bo'lgani sababli jangim qoldirildi. ONE FC bizga vaqtida viza qilib bera olmadi. Ularning ayblari bilan jangim qoldirildi. SHu sababli, tezda navbatdagi jangni berishdi. Men jang uchun to'liq tayyor edim.

- Mahmud Muradovning burchagingizda bo'lgani sizga qanchalik yordam berdi?

- Mahmud Muradovga katta rahmat aytaman. Ular o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ham menga katta yordam berishdi. Ularni hatto parter holatimda ham eshitaman, har bir vaziyatda aytganlarini oktagonda bajarishga harakat qilaman.

- Jangingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Juda ham to'ldi demagan bo'lardim. Biroq u erda eng kuchli jangchilar harakat qiladi. Raqibim ham jiu-jitsu bo'yicha jahon chempioni edi.

- Keyingi jangingiz haqida nima deya olasiz?

- Navbatdagi jangimni 3-4 oydan so'ng o'tkazishim aniq. Yaqin o'n kun oila davrasida dam olaman, keyin navbatdagi jangga tayyorgarlik ko'raman. Murabbiyim Jasur Alijonov bilan xorijga tayyorgarlik ko'rish uchun uchib ketamiz.

- Birinchi g'alabangizni kimga bag'ishlaysiz?

- Albatta ota-onamga bag'ishlayman! Ular meni voyaga etkazishdi. Ular men uchun hamma narsani qilishdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing