20 may 11:23
Yangiliklar

Javohir Sindarov bugun Tepe Sigeman 2025 turniridagi ishtirokini boshlaydi
Aylana tizimda o'tkaziladigan ushbu nufuzli musobaqada hamyurtimiz Javohir Sindarov ham ishtirok etadi. Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisidan tashqari yana etti nafar grossmeyster bosh sovrin uchun bahslarga kirishadi. Ular orasida yagona ayol grossmeyster ham bor. Xitoylik Tan CHjuni 16-jahon chempioni hisoblanadi.
Barcha ishtirokchilar: Javohir Sindarov (O'zbekiston), Richard Rapport (Vengriya), Ervin L`Ami (Niderlandiya), Rey Robson (AQSH), Nils Grandelius (SHveciya), Vasiliy Ivanchuk (Ukraina), Yagiz Kaan Erdogmus (Turkiya), Tan CHjuni (Xitoy)
Qura natijasiga ko'ra, bugun 1-turda Javohir Sindarov qora donalarda aynan CHin yurti vakilasi Tan CHjuniga qarshi bahs olib boradi. Bugungi 1-tur partiyalari bizning vaqt bilan soat 18:00'da boshlanadi.
Fikrlar