21 may 16:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum 46 yoshli Pakyaoning ringga qaytishiga munosabat bildirdi
Promouter Bob Arum filippinlik sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoning boksga qaytayotganiga munosabat bildirdi.
"Uning yoshida amaldagi chempionga qarshi jang qilish juda katta tavakkalchilik. Jorj Forman Maykl Murerni mag'lub etganda Pakyaodan yoshroq edi. SHuni ham unutmaslik kerakki, o'sha jang oldidan Forman faoliyatini to'xtatmagan edi.
Pakyao – juda ajoyib sportchi. Agar kimdir bu ishni uddalay oladigan bo'lsa, u aynan Pakyaodir. Lekin uning yoshi va uzoq tanaffusi meni jiddiy xavotirga solmoqda", - dedi Arum.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar