09 sen 19:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Javohir Ummataliev chorak finalga yo'l oldi, navbatdagi raqib jiddiy!
Liverpulda boks bo'yicha World Boxing tashkilotining ilk jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Javohir Ummataliev ikkinchi jangini Janubiy Koreya vakili Kim Minseongga qarshi o'tkazdi.
To'liq davom etgan jangda Javohir 5:0 hisobida g'alabaga erishdi. Jang davomida bokschimiz raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.
Endi ertaga Javohir chorak finalda qozog'istonlik Nurbek Oralbayga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar