07 sen 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Javohir Ummataliev Jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi
Liverpulda davom etayotgan World Boxing jahon chempionatining to'rtinchi kuni doirasida yana bir charm qo'lqop ustamiz o'z jangini o'tkazdi.
-80 kg vazn toifasidagi iqtidordi bokschimiz Javohir Ummataliev ilk davrada polshalik Nikodem Kozakka qarshi ringga ko'tarildi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Ummataliev evropalik raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Hakamlar 5:0 hisobini qayd etishdi. Javohir ikkinchi raundda Kozakni nokdaun holatiga ham tushirib qo'ya oldi.
Bugun yana uch nafar bokschimiz ishtirokida jang bo'lib o'tadi:
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Boyana Goykovich (CHernogoriya) B ring. 22:30
-70 kg: Aziza Zokirova - Regina Lakos (Vengriya) A ring. 23:30
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Jianxao Ju (Xitoy) B ring. 01:45
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar