So’nggi yangiliklar

11:43Жон Жонс фаолиятини якунлаган Дастин Порьега мурожаат қилди 0 11:22Универсиаданинг бешинчи куни ўзбекистонлик спортчилардан кимларга мухлислик қиламиз? 0 11:01Абдулло Алиев ва Жалгасбай Бердимуратов Будапешт рейтинг турнири совриндори! 0 10:40Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчиси ким деган саволга жавоб берди 0 10:19Қозоғистонлик теннисчи Swiss Open Gstaad чемпиони! 0 09:58Марказий жанги Хотамбек Бойназаров иштирокида ўтадиган UAE Warriors 62 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 09:37Ёзги Универсиадада қатнашадиган талаба дзюдочиларимиз Германияга жўнаб кетишди 0 09:16Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди 0 08:55Данила Семериков янги мавсумга Москвада тайёрланяпти 0 08:34Макс Холлоуэй UFC раҳбарларига эътироз билдирди 0 08:13Анвар Бойназаров ва Шоҳруҳ Холмуродов Karate Сombat 56 турнирида жанг ўтказди + ФОТО 0 07:52Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда 0 07:31Ўзбекистон делегацияси Японияда антидопинг тажрибасини ўрганмоқда 0 20:13Ҳасанбой Дўсматов профессионал боксда навбатдаги жангини ўтказди (ВИДЕО) 0 20:03Универсиаданинг тўртинчи кунини битта медаль билан якунладик 0

04 jan 13:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Jeyk Pol barcha UFC jangchilarini dopingga tekshirmoqchi

Teglar :  Dana UaytJeyk Pol
Boks olamida tobora tanilib borayotgan bloger Jeyk Pol UFC prezidentining ayblovlariga javob qaytardi.

Avvalroq, Dana Uayt Polni steroidlar qabul qilishda ayblagandi.

"Dana, men sen bergan shartning barcha qismini qabul qilaman. Masvidal bilan MMAda jang qilishimni aytdim. Senga qachon qulay bo'lsa, o'shanda meni steroidlarga tekshirishing mumkin. Jangimdan ikki hafta o'tib men cho'chqaday semirdim, qara. Men hech qanday steroidlar qabul qilmayman. Senda boshqa bahona yo'q. CHempionlaringni ikki marta nokaut qildim. Agar sen meni tekshirsang, men ham sening jangchilaringni steroidlarga tekshiraman. Bunday bo'lishini xohlamassan?", - dedi Jeyk Pol.


Bundan tashqari, Jeyk Pol tashkilot rahbarini jangchilarga kam pul to'lashda ham aybladi.

"Sen mening hech bir gaplarimga umuman javob qaytarmading. Dana Uayt - men hayotimda ko'rgan eng yomon kapitalistlardan biri. Sen o'z jangchilaringga boshlanishiga 12 ming dollar to'laysan. Farroshlar ham shuncha pul topadi. Jangchilaring eng kamida 50 ming dollar olishlari kerak. 

"Xorxe Masvidalni PPV qiroli deb atading. Sen shunchaki uning oxirgi postidagi layklar soniga qara. 5-10 ming dona. Hatto, mening onamda ham bu raqam ko'proq. Insonlar aldashadi, ayollar aldashadi, Dana Uayt aldaydi. Ammo, raqamlar aldamaydi. Sen mening menejerimni haqorat qilding. U senga kompaniyani 4 mlrd dollarga sotishga yordam bergandi. Sen pastkashsan, Dana. Haqiqiy baxt nimaligi senga begona. Sen pul hayotimni yaxshiroq qiladi deb o'ylaydigan baxtsiz milliardersan. Senga achinaman", - dedi Jeyk Pol

Reyting: -1   

Fikrlar

   
05 jan 00:55:56
Mironsho_Jabborov
Bloger blogerligini qiladi, Jakeni Conorni ustidan kulishini ham yoqtiraman chunki u bu ishni qotirib qoyadi. Dana ham shunday, u o'z ishini biladi qanday biznes qilishni biladi u jangchilarga koproq pul berishi mumkin lekin bunday qilmaydi 12.000 rostan ham sal kam. 50mas xuysnim 30bersa yaxshi ish boladi. Lekin Danani biznesmen deb qoyishipti.
   
05 jan 00:21:45
Boks
Gap yò zór gapirib qôyibti
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing