20 iyu 20:03
Yangiliklar

Universiadaning to'rtinchi kunini bitta medal bilan yakunladik
Musobaqaning to'rtinchi kuni doirasida O'zbekiston delegaciyasi azolari suzish, stol tennisi, taekvondo va tennis bahslarida ishtirok etdi.
Quvonarlisi, taekvondo terma jamoamizning 58 kg vazn toifasidagi vakili SHamsiddin Qurbonov shohsupadan joy egalladi. Hamyurtimiz dastlabki bosqichda pokistonlik Muhammad Tayyabni 2:0, nimchorak finalda Turkiya termasi azosi Enes Kaplanni 2:1 va chorak final bosqichida yaponiyalik SHoki Asadani 2:0 hisobida taslim etdi. Final yo'lida kechgan Tailand vakili Siravit Mahamadga qarshi bahsda SHamsiddin imkoniyatni boy berib qo'ydi, ammo shunday bo'lsa-da, u delegaciyamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.
SHu tariqa, taekvondochilarimiz hisobida ikkinchi medal qo'lga kiritildi. Kecha 57 kg vaznli Madina Mirabzalova ham musobaqada uchinchi natijani qayd etgandi.
Hozirda O'zbekiston delegaciyasining Universiadadagi medallari soni 7 tani tashkil qilmoqda: 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza.
Fikrlar