So’nggi yangiliklar

07:22Юнон-рум курашчиларимиз Жаҳон чемпионатига тайёргарликни Владикавказда олиб боришяпти 0 07:01Шавкат Раҳмоновнинг кейинги рақиби Нурсултон Рўзибоевнинг жамоадоши бўлиши мумкин 0 18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0

14 iyu 15:14
Yangiliklar

Tennis

Jokovich US Open-2022 va Australian Open-2023'da ishtirok etadimi?

Teglar :  Novak Jokovich
Novak Jokovich Bosniya va Gercegovinadagi tennis majmuasi ochilishida US Open va Austarlian Open musobaqalarida ishtirok etishi borasidagi savolga javob berdi.

Sayyoramizning sobiq 1-raketkasi koronavirusga qarshi emlanmagani sababli US Open-2022 musobaqasi, shuningdek, bu yil deportaciya qilinganidan keyin mamlakatga kirish uchun qo'yilgan taqiq tufayli Australian Open-2023`ni o'tkazib yuborishi mumkinligini aytdi.

"Agar ular ruxsat berishmasa, men Amerikaga bormayman. Albatta, Avstraliyadagi voqea men uchun juda yoqimsiz bo'lib chiqdi. Ehtimol, ko'pchilik hali ham meni u erga hujjatsiz, ruxsatsiz va tibbiy ruxsatnomasiz kirganimga ishonishadi. Ammo, bu noto'g'ri va sudda isbotlanganki, men kirish uchun ruxsatnomasiz hech qachon mamlakatga bormagan bo'lardim.

Men Avstraliyaga qaytishni xohlayman. Menga “Katta Dubulg'a” turkumidagi boshqa turnirlarga nisbatan eng yaxshi natijaga erishgan bu mamlakat yoqadi. Yanvar oyida Avstraliyada o'ynashni xohlayman va bunga umid qilaman. Men Nyu-Yorkda, Amerikada, imkonim bo'lsa chiqish qilmoqchiman.

Men professional tennischiman. Siyosat yoki boshqa narsa bilan shug'ullanmayman, bu meni qiziqtirmaydi ham. Mening o'z nuqtai nazarim bor: men har doim tanlash erkinligini qo'llab-quvvatlaganman. Men hammani hurmat qilaman va odamlar hech bo'lmaganda mening qarorimni hurmat qilishlarini kutaman.

Menga ruxsat berishsa, bu turnirlarga boraman. Aks holda, yo'q! Bu olamning yakuni emas”, - dedi Jokovich Bosniya va Gercegovinadagi tennis majmuasi ochilishida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing