So’nggi yangiliklar

12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0 19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0

02 mar 10:10
Yangiliklar

Dzyudo

“Katta Dubulg'a”ni o'tkazib yuboradigan taniqli vakillarimiz va musobaqaga yangi qo'shilgan yulduzlar

Uch kundan so'ng poytaxtimizda dzyudo bo'yicha ilk bor “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi musobaqa start oladi.

Ayni paytga kelib turnir uchun talabnomalarni qabul qilish vaqti yakunlandi. Xalqaro dzyudo federaciyasi saytidagi malumotga ko'ra, musobaqada ishtirok etish uchun 73 davlatdan 521 dzyudochi ro'yxatdan o'tgan. SHu o'rinda O'zbekiston terma jamoasining 50 nafardan ortiq vakillarini ham uchratish mumkin. 

Reglamentga ko'ra, musobaqa mezboni har vaznga 4 nafardan vakilini kiritish imkoniyatiga ega. Bunday imkoniyatdan jamoamiz deyarli to'liq foydalanmoqda va 51 nafar dzyudochimiz ro'yxatdan o'tkazildi. Ular orasida bazi kutilgan va kutilmagan nomlarni ham uchratish mumkin.

Musobaqani o'tkazib yuboradigan dzyudochilarimiz orasida Diyorbek O'razboev, SHahram Ahadov, Muhammadkarim Xurramov, Bekmurod Oltiboev kabi taniqli vakillarimiz bor. Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori O'razboev Tel-Aviv turniridan so'ng -66 kg vazn toifasiga o'tishga qaror qildi va hozir yangi vazn toifasiga to'la tayyor bo'lmagani uchun yoshlarga imkon berilmoqda.

-73 kg vaznga o'tgan SHahram Ahadov tizzasidagi jarohatidan to'liq forig' bo'lmagani uchun musobaqani o'tkazib yuborsa, Isroilda kichik jarohat olgan Xurramov hozirda tiklanish davrida. Afsuski, musobaqa boshlanishiga bir necha kun qolganida og'ir vaznli polvonimiz Bekmurod Oltiboev qo'lidan jarohat olib jamoamiz “lazaret”iga tushdi.

SHu o'rinda uzoq tanaffusdan so'ng Yaponiya jamoasi ham musobaqalarga qaytayotganini alohida takidlash joiz. Kunchiqar yurt vakillari 11 nafar dzyudochi bilan Toshkentga tashrif buyurishadi va ularning 5 nafari Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan tarkib dzyudochilaridir. SHuningdek, so'nggi kunlarda ro'yxatga kiritilgan italiyalik Olimpiada chempioni Fabio Basile ham “Humo arena”da kurashadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
02 mar 12:23:55
Mansur Baltaev
Хикматуллох Тураевга нима булди ?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing