22 iyu 14:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Eddi Xirn: "Ahmadaliev bilan jang qilishga rozi bo'lgani uchun Inoueni hurmat qilaman, chunki..."
Ikkinchi eng engil vazn toifasida o'zbekistonlik WBA Interim chempioni Murodjon Ahmadalievning promouteri Eddi Xirn ushbu vazndagi mutlaq chempion Naoya Inoue bilan jang haqida gapirdi.
"Inoue va Murodjon bahsi boksdagi eng yaxshi janglardan biri. Atrofidagilar buni istamagan bir paytda, Inoueni bu jangga rozi bo'lgani uchun hurmat qilaman. Menimcha, imkoniyatlar teng. O'z vazn toifasidagi ikkita eng yaxshi bokschi, diviziondagi eng yaxshi jang. Biz sentyabr oyida ushbu jangni ko'rish uchun Yaponiyaga borishni intiqlik bilan kutyapmiz", dedi Xirn.
Inoue va Ahmadaliev o'rtasidagi mutlaq chempionlik jangi 14 sentyabr kuni Tokio shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar