So’nggi yangiliklar

19:01UFC Гавайи оролларида турнир ташкил қиладими? — Дана Уайт жавоб берди 0 18:39Муроджон Аҳмадалиев Наоя Иноуэнинг техник имкониятларига баҳо берди 0 18:18Турки аш Шайх боксда пуллик трансляцияларни бекор қилишини айтди 0 17:54Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин 0 17:27Усик реваншда Дюбуани нокаут қилиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 17:01Двалишвили: "Мен UFC’даги ягона америкалик чемпионман" 0 16:38Холмурод Нурматов ACA Лигаси рейтингида кўтарилди 0 16:16Терма жамоага хорижлик мураббий керакми? 0 15:54Даррен Тилл Тони Фергюсон билан бир кардда Люк Рокхолд билан жанг қилади 0 15:25Универсиада-2025: Элдорбек Усмонов Ўзбекистон рекордини янгилади 0 15:01ONE FC. Бугун Авазбек Холмирзаев навбатдаги жангини ўтказади 0 14:39"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди (ФОТО) 0 14:18Универсиада-2025: Бугун олти нафар ўзбекистонлик спортчиларга мухлислик қиламиз 0 14:00Адесанья Порье ва Холлоуэйнинг учинчи жанги учун тахмин билдирди 0 13:37Усик Дюбуага билан биринчи жангдаги белдан пастга берилган зарба ҳақида гапирди 0

20 dek 16:53
Yangiliklar

Kurash

Komil Yusupovni tabriklaymiz!

Teglar :  KurashKomil Yusupov
Bugun jahon sport olamida, xususan yakkakurash sport turlari dunyosida o'z o'rniga ega bo'lgan, milliy kurashimizning sport qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, uni xalqaro sport turi sifatida jahon maydoniga chiqishiga bosh-qosh bo'lgan Komil Yusupovning tavallud ayyomi.

1957 yil 20 dekabrda Buxoro viloyati Qorakul tumanida tavallud topgan Komil Yusupov butun umrini milliy sport turimiz kurashni rivojiga bag'ishladi. 

Sambo va dzyudo bo'yicha o'nlab xalqaro turnirlar g'olibi, bir necha bor mamlakat chempioni, sobiq ittifoq terma jamoasi azosi, 1980 yilgi Moskva olimpiadasi qatnashchiligiga nomzod bo'lgan Komil Yusupov katta sport faoliyatidan so'ng, davlat idoralarida masul vazifalarda mehnat qildi.

Qator yillar mobaynida O'zbekiston dzyudo, kurash federaciyalari raisi, mamlakat yoshlar tashkiloti rahbari, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi o'rinbosari, raisi vazifalarida ishladi.

1998-2014 yillari Xalqaro kurash associaciyasi prezidenti sifatida milliy splortimiz kurashning xalqaro maydondagi rivojiga beqiyos hissa qo'shdi.

2005-2006 yillari Lozannadagi “Olimpiya” muzeyida bir yillik kurash sporti ko'rgazmasini tashkil etish, kurash bo'yicha Turkiya, Hindiston, Vengriya, Ukraina, Dominikan Respublikasi, Braziliya, Franciya, Angliya, Janubiy Koreya, Greciya, Mangoliya, Rossiya kabi qator mamlakatlarda o'tgan jahon va qita chempionatlarini, xalqaro turnirlarni tashkil etish va o'tkazish ishlariga bosh-qosh bo'ldi. 

Milliy sportimiz kurashning Osiyo o'yinlariga va uning tizimidagi musobaqalar dasturidan o'rin olishda fidoyilik ko'rsatdi.

Komil Yusupovning mamlakatimiz va xalqimiz oldidagi alohida xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib etirof etildi. 

O'z vaqtida “El-yurt” hurmati, “Sog'lom avlod uchun” ordenlari hamda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi”, “Jismoniy tarbiya va sport alochisi”, “Mehnat faxriysi”  kabi  yuksak mukofotlarga sazovor bo'ldi. SHuningdek, xalqaro darajadagi “Yaxshi niyat elchisi”, “Buyuk CHingizxon” kabi medal va unvonlar bilan taqdirlandi. 

Bobomeros qadriyatlarimizning ajralmas sarchashmasi bo'lgan kurashning zamonaviy qonun-qoidalarini ishlab chiqqan, uning xalqaro sport terminalogiyasini yaratgan Komil Yusupovni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etamiz.

Jahon sport maydonlarida tili, dini, irqi boshqa-boshqa bo'lgan insonlarni birlashtirayotgan, do'stlashtirayotgan kurash jozibasi barchamizga abadul-abad g'urur bag'ishlashda davom etaversin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing