So’nggi yangiliklar

19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0 16:16Макс Холлоуэй қандай ҳолатда Топуриянинг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 1 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0

27 sen 07:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Kutilmagan xabar! Yandan so'ng Islam Maxachev ham raqibsiz qoldi

Orziqib kutilayotgan UFC 267 turnirida ketma-ket ikkinchi rossiyalik yakkakurash ustasi ishtirokidagi jang bekor qilindi.

Engil vazn toifasi UFC reytingida 5-o'rinni egallab turgan Islam Maxachevning raqibi braziliyalik Rafael Dos Anos mashg'ulotda orttirib olgan jarohati sabab bo'lajak jangda ishtirok eta olmaydi. Bu haqida Maxachev o'zining Tvitter sahifasida xabar berdi. 

"O'zingga qo'shib menga ham raqib top", - deya Petr Yan qo'ygan xabar ostida fikr qoldirgan Maxachev. 

Avvalroq sobiq chempion Petr Yanning raqibi, engil vazn toifasi chempioni Aljameyn Sterling ham UFC 267 turnirida oktagonga chiqmasligini malum qilgandi. 

"Anos yana jarohat olganiga shaxsan men ishonmayman", - deya fikrini davlm ettirgan Islam. 

Islamning gapiga javoban sobiq UFC chempioni ham o'z so'zlarini xabar ostida izoh sifatida qoldirgan.   

"Sen chindan ham meni yolg'onchilikda ayblayapsanmi? Dahshatli jarohatdan endigina forig' bo'lib, jangga qaytishga tayyor turgandim. Sendan farqli ravishda mening oilam bor. Ularning kelajagiga men masulman", - deya javob bergan Dos Anos.

Hozircha UFC rasmiylari Petr Yan va Islam Maxachevning bekor bo'lgan janglari haqida hech qanday izoh berishmagan. UFC 267 turniri 30 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida o'tkazilishi kerak. Yan katta ehtimol bilan ushbu oqshomda Kori Sendxagenga qarshi vaqtinchalik chempion kamari uchun okgagonga chiqishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

   
27 sen 16:46:02
боксёр
Dos anos qo‘rqdi nimaga aynan Maqachev bilan jangda shunday boladi
   
27 sen 16:46:01
боксёр
Dos anos qo‘rqdi nimaga aynan Maqachev bilan jangda shunday boladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing