So’nggi yangiliklar

07:00Гап йўқ! Муроджон Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг учун қанча гонорар олиши маълум бўлди 0 01:57Жаҳонгир Зокиров хитойлик рақибини мағлубиятга учратди ва ЖЧ финалига чиқди 0 01:39Тўрабек Хабибуллаев ҳам ЖЧ финалига йўл олди! 0 01:03ЖЧ ярим финалида "ўзбекча дерби" бўлиб ўтди 0 00:07Абдумалик Халоков иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 23:44Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди 0 23:14Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионати финалига чиқди 0 19:35Ўсмирларимиз 18 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди! 0 19:14Акмалжон Исроилов ЖЧ ярим финалига йўл олди 0 18:30Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Қолганлар эса тайёр" 0 18:09Шодиёр Мелиқўзиев чорак финалда япониялик боксчига имкониятни бой берди 0 17:45"Дэвис кубоги": Гонгконг — Ўзбекистон ўйини учун қуръа ташланди, ўйинлар эртадан бошланади 0 17:22Дана Уайт: "Дональд Трамп — UFC мухлиси ва менинг 25 йиллик дўстим" 0 17:00АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум 0 16:38Сабина Бобоқулова катта устунлик эвазига ғалаба қозониб, ЖЧ ярим финалга йўл олди 0

01 apr 18:25
Yangiliklar

Futbol

Maunt va Kovachich ketadi. "CHelsi" yirik xaridlarga tayyorlanmoqda

Teglar :  CHelsi
"CHelsi" klubining bir qator o'yinchilari mavsum oxirida jamoani tark etadi.

Ingliz klubi tarkibdagi yarim himoya juftligi Meyson Maunt va Mateo Kovachichga "Stemford Bridj"ni tark etishga ruxsat beradi. Klub yangi xaridlarni moliyalashtirish uchun mablag' yig'ishga kirishdi.

Malum qilinishicha, "ko'klar" yangi klub egasi Todd Boeli qo'l ostida yanvar oyida ulkan transfer xarajatlarini amalga oshirganidan keyin yangi o'yinchilarni tarkibga jalb qilish uchun bazi o'yinchilar jamoani tark etishiga to'g'ri keladi.

G'arbiy London klubi shartnomasi 2024 yilda yakun topadigan ikki futbolchisining sotib yuborilishidan 100 mln funt ishlab olishni niyat qilgan. 

Maunt klubdagi rolini aniq belgilovchi yangi bitim imzolanishini istagan. Biroq muzokaralar hech qanday samara bermadi. Bu Angliya terma jamoasi azosining Premer-ligadagi raqobatchilardan biriga, jumladan, "Liverpul"ga o'tishi ehtimolini oshirdi. Yurgen Klopp yangi mavsum oldidan yarim himoyani mustahkamlashni niyat qilgan.

"CHelsi" 2019 yilda "Real"dan 40 mln funtga xarid qilingan xorvatiyalik futbolchi Kovachichni sotib foyda qilishiga ishonadi. Yarim himoyachi "CHelsi"ga o'tganidan buyon 200 dan ortiq o'yinlarda maydonga tushdi. Biroq uning klub bilan hamkorligi shu ergacha ko'rinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing