So’nggi yangiliklar

23:37Бокс. Ўзбекистон ЖЧдаги илк медални нақд қилди! 0 22:48Ғалабали серия давом этади: Сабина Бобоқулова ҳам ЖЧ кейинги босқичида 0 19:20Жавоҳир Умматалиев чорак финалга йўл олди, навбатдаги рақиб жиддий! 0 18:29ЖЧ-2025. Миразизбек Мирзахалилов эронлик рақибига дарс бериб қўйди - боксчимиз чорак финалда! 0 18:21Ла Лигада август ойининг энг яхши мураббийи маълум 0 18:00Исроил Мадримов қозоғистонлик бокс юлдузига қарши жанг қилишга тайёр 0 17:38Ситора Турдибекова ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 17:31"Мен нафақага чиқмадим" - Жон Жонс UFC'даги мақсади ҳақида гапирди 0 17:10U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди 0 16:49Феруза Казакова бразилиялик рақибасини мағлубиятга учратиб, ЖЧ чорак финалига йўл олди 0 16:33Нодирбек Абдусатторов 8 соатлик ўйин ўтказди. Самарқандда ўтказилаётган турнирда вазият қандай? 0 16:16"Чимаев билан жангни қўлдан бой бермайман. Менга аутсайдер мақоми ёқади" - Имавов 0 15:52Махачев Делла Маддалена қай томонлама хавфли рақиб эканлигини айтди 0 15:26Хабиб катта пул ваъда қилинган бўлсада, Мейвезер билан жанг қилишдан бош тортган экан 0 15:01Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди 0

10 jan 18:42
Yangiliklar

Tennis, Qiziqarli!

Mavsumning ilk "Katta Dubulg'a" turniri - Australian Open'ni qaysi yulduz tennischilar o'tkazib yuboradi?

Teglar :  Australian Open
Mavsumning ilk "Katta Dubulg'a" turniri Australian Open'ni bir vaqtning o'zida bir nechta yulduz tennischilar o'tkazib yuboradi.

Karlos Alkaras (Ispaniya)

Turnirning asosiy yo'qotishi albatta ATR reytingi etakchisi 19 yoshli ispaniyalik Karlos Alkaraz bo'ldi. U mavsumoldi mashg'ulotda oyog'idan jarohat oldi va mavsumning ilk "Ulkan Toj" turnirini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Karlos US Open'ning amaldagi chempioni hisoblanadi. Bu uning "Katta Dubulg'a" turnirlaridagi ilk chempionligidir. Australian Open'da u hali 3-bosqichdan uyog'iga o'tolmagan. 


Vinus Uilyams (AQSH)

42 yoshli tennis afsonasiga wild card berilgandi. Ammo Vinus Oklenddagi turnirda jarohat oldi. Uning taklifnomasi esa avstraliyalik Kim Birrellga berildi.

Etti karra "Katta Dubulg'a" turnirlari chempioni Australian Open'da yakkalik bahslarida g'alaba qozona olmagan, lekin u buni to'rt marta juftlikda va bir marta aralash juftlikda amalga oshira olgan.


Naomi Osaka (Yaponiya)

To'rt karra "Ulkan Toj" turnirlari chempioni ham Australian Open'ni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Ishtirokchilar ro'yxatida u ukrainalik Dayana Yastremska bilan almashtirildi.

Osaka ikki marta mavsumning birinchi "Katta Dubulg'a" turnirida g'alabani qo'lga kiritgan: 2019 va 2021 yillarda.


Simona Xalep (Ruminiya)

Ikki karra "Katta Dubulg'a" g'olibi hali ham vaqtinchalik diskvalifikaciya ostida. Uning doping ishi bo'yicha tergov hamon davom etmoqda.

Xalepning Avstraliya Ochiq chempionatidagi eng yuqori natijasi 2018 yilda finalga chiqishi bo'lgan. Finalda u Karolin Voznyackiga yutqazgandi.


Gael Monfis (Franciya)

36 yoshli Monfsni o'tgan mavsumdagi jarohatlar taqib qilishda davom etmoqda. 2023 yil ham u xohlagandek boshlanmayapti.

Ammo Gaelda uzoqqa borish uchun yaxshi imkoniyatlar bor edi. Bir yil oldin u Australian Open'dagi eng yaxshi natijasini takrorlab, chorak finalga chiqqandi.


Reyli Opelka (AQSH)

25 yoshli amerikalik tennischi ham haligacha jarohatlardan tuzalmagan. 2022 yilda u Avstraliya Ochiq chempionatining uchinchi davrasiga qadar etib borgan va u erda Denis SHapovalovga yutqazgan.

Eslatib o'tamiz, Australian Open'ning asosiy to'r bahslariga 16 yanvar kuni start beriladi. Ayni vaqtda turnirning saralash bahslari bo'lib o'tyapti. 


Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing