So’nggi yangiliklar

14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0 13:41Хамзат Чимаев бу йил бошқа жанг ўтказмайди 0 13:20Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди 0 12:59Бразилиядаги UFC турнирида яна бир қизиқарли жанг гувоҳи бўламиз 0 12:38"Дю Плесси ниҳоят ёш ва чанқоқ жангчига қарши чиқди – натижани эса кўриб турибсиз" - UFC жангчиси 0 12:17Бокс бўйича амалдаги Украина чемпиони допинг сабаб 10 йилга четлатилди 0 11:56ЦСКА Файзуллаевнинг трансфер тўловини тасдиқлади 0 11:35Камару Усман ўрта вазнда ким Чимаевга қарши туриб бера олишини айтди 0 11:14Янгиланган UFC рейтингида Рамазон Темиров нечанчи ўринда? Асу Алмабаевчи? 0 10:53Собиқ UFC чемпиони Дейвесон Фигередонинг рақиби маълум 0 10:32Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 10:11Шахматчиларимиз U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида яна икки учрашув ўтказишди 0 09:50"Чучвара отмен". Чимаев танлаган рақибнинг жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0

08 iyu 11:31
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ rahbariyati Qashqadaryoda o'rganish ishlarini olib bordi

Teglar :  QashqadaryoMOQ
Azizjon Kamilov, Saken Polatov, Oybek Kasimov va Ravshan Ermatov boshchiligidagi MOQ rahbariyati Qashqadaryo viloyatida bo'lishdi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosarlari Ravshan Irmatov, Azizjon Kamilov, Saken Polatov, Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi Avaz Karimov safar davomida Xalq talimi vazirligi, viloyat sportni rivojlantirish boshqarmasi mutasaddilari hamrohligida viloyatdagi sport talim muassasalarining faoliyatini o'rganishdi. 

Viloyat sportini rivojlantirishning istiqbolli rejalariga bag'ishlangan yig'ilishda Qashqadaryodagi asosiy BO'SM, IBO'SM, viloyat OZK, hududiy federaciyalar vakillari ishtirok etishdi.

Sohadagi kamchiliklar va echimini kutayotgan masalalarni o'rganish bo'yicha o'tgan ochiq muloqotda 23 may kuni Prezidentimiz raisligida o'tgan videoselektor yig'ilishida ko'tarilgan mavzular, unda belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish tizimi muhokama qilindi. 

SHuningdek, unda davlatimiz rahbarining joriy yil 22 aprel kuni ushbu viloyatga tashrifi doirasida soha mutasaddilariga bergan topshiriqlarining bugungi kundagi holati ham o'rganildi.

Mutasaddilar Prezidentimiz tomonidan sport talimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash yo'nalishiga katta ahamiyat qaratayotganini alohida takidlashdi. 

Bu borada yurtboshimiz tomonidan kecha imzolangan “Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi va “Davlat sport-talim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarorlar orqali sohaning qanchalik dolzarb ekani tushuntirildi.

Yig'ilish davomida Prezident topshirig'i asosida dzyudo va taekvondo sport turlarida yosh iqtidorli sportchilarni hududlarda selekciya qilish bo'yicha ishlangan yangicha tizim taqdimoti o'tkazilib, uni amalga tatbiq qilish bo'yicha fikr-mulohazalar bildirildi. 

Tadbirdan so'ng mutasaddilar viloyatdagi talim muassasalarning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing