So’nggi yangiliklar

18:39Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди 0 18:17"Ва-банкка бораман". Топурия Оливейрани қандай қилиб финиш қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:51TUF 33 шоусида Фурқатбек Ёқубовни мағлуб этган Алиби Идрис ҳамюртимизга мурожаат қилди + ВИДЕО 0 17:30Топурия Оливейрани биринчи раундда нокаут қилмоқчи бўлмоқда. Чарльз эса бунга муносабат билдирди 0 17:07Гарет Саутгейт энди рицар! 0 16:46Умар Кремлёв: "IBA'нинг стратегик мақсади Россияни дунё бокс майдонига айлантириш" 0 16:25Истборн (WTA). Остапенко, Радукануда ғалаба, Кенин ютқазди ва бошқа натижалар 0 16:04UzChess Cup. Ниғматов пешқадам, Абдусатторовга таъқибчилар етиб олишди, 7-тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 15:43Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади? 0 15:22Спорт вазири Олимпия ва паралимпия шон шуҳрати музейида ёшлар билан учрашди 0 15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0 13:37Топурия ёки Оливейра. Махачевдан қолган камарни ким олади? UFC 317 карди билан танишинг 0

05 dek 12:51
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQda masul tashkilotlar vakillari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  MOQOlimpiada
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida masul tashkilot va kompaniyalar vakillari bilan moliyaviy majburiyatlarning 2019-2020 yillar uchun bajarilishi va 2021 yilgi chora-tadbirlar rejasi yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni olib borgan MOQ raisi R.SHoabdurahmonov dastlab ishtirokchilarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi.

SHundan so'ng, Prezidentimizning 2017 yil 9 martdagi «O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida»gi qarori ijrosini taminlash maqsadida respublikamizdagi sport federaciya va associaciyalariga biriktirilgan masul tashkilotlarga pandemiya sharoiti bo'lishiga qaramay, zimmasidagi majburiyatlarini to'laqonli bajargani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu hamkorlik davom etishiga kelishib olindi.

Kunchiqar mamlakat mezbonlik qiladigan to'rt yillikning nufuzli anjumaniga ham qisqa fursat qolmoqda. Yig'ilishda masul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Tokio o'yinlarida sportchilarimizning muvaffaqiyatli ishtirok etishini taminlash masalasiga etibor qaratildi. SHuningdek, kelgusi yildan boshlab terma jamoa azolarini Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorlash masalalari ham muhokama qilindi.

Sport turlari bo'yicha terma jamoalar tarkibiga iqtidorli yoshlarni saralab olish, ustuvor va istiqbolli sport turlariga etibor qaratish, o'quv-mashg'ulot yig'inlari va licenzion musobaqalarda vakillarimizning muvaffaqiyatli ishtirokini taminlashga alohida urg'u berildi. Sport federaciya va associaciyalar rahbariyati oldiga Tokio-2020 va Parij-2024 o'yinlarida ko'proq medallar jamg'arish vazifasi qo'yilayotgani, buning uchun etarli sharoit va imkoniyat borligi takidlanib, qo'lga kiritiladigan g'alabalarda masul tashkilotlarning ham hissasi bo'lishi lozimligi aytildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing