So’nggi yangiliklar

01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 16:06"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин 0

22 may 16:29
Yangiliklar

Tennis

Novak Jokovich 36 yoshda!

Teglar :  Novak Jokovich
Bugun serbiyalik tennischi Novak Jokovich o'zining 36 yoshini nishonlamoqda.

Novak Jokovich 1987 yilning 22 mayida Belgradda (Serbiya) tug'ilgan. To'rt yoshidan tennis bilan shug'ullana boshlagan. U professional faoliyatini 2003 yilda boshlagan. O'zining chiqishlari davomida u 93 ta ATR turnirida g'olib chiqqan, shu bilan birga 167 296 242 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab topgan. 

Novak hozirgacha 22 ta “Katta Dubulg'a“ turnirida zafar quchgan: Australian Open (2008, 2011, 2013, 2015, 2016, 2019, 2020, 2021 va 2023), Uimbldon (2011, 2014, 2015, 2018, 2019, 2021, 2022), US Open (2011, 2015 va 2018) va "Rolan Garros" (2016, 2021). Novak yana 11 marta "Katta Dubulg'a" turnirlari finalida o'ynagan. SHuningdek, serbiyalik sportchi ATR Yakuniy turnirida olti bor g'alabaga erishgan.

2011 yilning iyul oyida Jokovich o'z faoliyatida ilk bor sayyoramizning birinchi raketkasiga aylangandi.

Jokovich muntazam ravishda turli xalqaro turnirlarda Serbiya bayrog'ini himoya qilib keladi. 2010 yilda terma jamoa tarkibida u "Devis Kubogi"ni qo'lga kiritdi. SHuningdek, 2020 yilda  ATP Cup'da zafar quchdi. 2008 yilgi Pekin Olimpiadasi yakkalik bahslarida bronza medaliga sazovor bo'ldi.

2014 yilda Novak Elena Ristichga uylandi. O'sha yilning oktyabr oyida taniqli sportchining oilasida birinchi farzand dunyoga keldi. Jokovich farzandiga Stefan deya ism qo'ydi. 2017 yilda ularning ikkinchi farzandi tug'ildi. Unga Tara ismini qo'yishdi. 

Ayni paytda Jokovich jahonning uchinchi raketkasi bo'lib turibdi. U reytingni 387 hafta davomida boshqargan va bu ko'rsatkich bo'yicha shveycariyalik Rojer Federer (310 hafta) hamda Steffi Grafning (377 hafta) umumiy rekordini ortda qoldirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing